2024 yilda hokim qarorini haqiqiy emas deb topiş bilan boğliq işlar soni 2720 tani taşkil qilib, şundan jismoniy va yuridik şaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirildi. Bu haqda Oliy sud axborot berdi.
Ötgan yili ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan 15 373 ta iş körib çiqildi. Buning natijasida 6 338 ta fuqaro va yuridik şaxslarning huquqlari tiklandi.
Hisobot davrida ma’muriy va fuqarolar özini özi boşqariş organlarining, mansabdor şaxslarining qarorlari ustidan şikoyat qiliş töğrisidagi 6991 ta iş körib çiqilgan. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topiş bilan boğliq körib tamomlangan işlar soni 2720 tani taşkil qilib, şundan jismoniy va yuridik şaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan.
Viloyat va unga tenglaştirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 3174 ta iş körib çiqildi. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 385 ta qaror bekor qilinib, 14 ta qaror özgartirildi. Kassatsiya tartibida 1208 ta iş körib çiqildi. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 130 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror özgartirildi. Taftiş tartibida 1649 ta iş körib çiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 141 ta qaror bekor qilinib, 2 ta qaror özgartirildi.
Oliy sudning Ma’muriy işlar böyiça sudlov hay’ati tomonidan taftiş tartibida 2132 ta şikoyat va protest örganib çiqilib, şundan 309 tasi iş materiallari asosida körib çiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan çiqarilgan qarorlarning 95 tasi bekor qilindi.







