Asaka tumanida 38 yoşli erkak voyaga yetmagan qizga 100 ming söm evaziga jinsiy aloqa qilişni taklif etgan. Bu işda uning turmuş örtoği vositaçi bölgan. Sud er-xotinni ma’muriy jazoga tortdi. Holatga ommaviy axborot vositalari e’tibor qaratişi ortidan prokuratura sud hujjatlarini örgana boşladi.

Sud qarorida keltirilişiça, holat 2024 yilning 9 noyabr kuni Asaka tumanining Yuksaliş mahallasida bölgan. 1987 yilda tuğilgan erkak öz yaşaş xonadonida voyaga yetmagan qizdan jinsiy ehtiyojini qondirib qöyişini söragan. U qizga buning uçun 100 ming söm taklif qilgan.

Erkakning 1992 yilda tuğilgan turmuş örtoği esa voyaga yetmagan 13 yoşli qöşni qizdan erining jinsiy extiyojini qondirib qöyişini sörab, buning uçun unga 50 ming söm berişini aytgan. Qiz ularning bu harakatidan qörqib, uydan qoçib çiqib ketgan.

Erkak sudda aybiga iqror bölgan hamda turmuş örtoğidan voyaga yetmagan qöşni qizni özining jinsiy extiyojini qondirib qöyişi uçun yaşaş xonadoniga olib çiqişini söraganini, söngra özi uxlab qolganini bildirgan.

Ayol ham qilmişidan puşaymonligini aytgan.

“2024 yil 9 noyabr kuni turmuş örtoğim mendan jinsiy ehtiyojini qondirib qöyişi uçun qöşnimni olib çiqişni söradi. Ammo men voyaga yetmagan qöşni qizni uyga olib kirib, agar turmuş örtoğimning jinsiy extiyojini qondirib qöysa, 50 ming söm berişimni aytdim. Qilmişimdan puşaymonman”, degan ayol sudda.

Jabrlanuvçining qonuniy vakili huquqbuzarga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Jinoyat işlari böyiça Asaka tumani sudi qarori bilan er-xotin şahvoniy şilqimlik qiliş huquqbuzarligini sodir etgan deb topilgan. Erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq, uning turmuş örtoğiga esa bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari, ya’ni 750 ming söm jarima jazosi tayinlangan.

Şilqim erkak sud qaroridan norozi bölib, viloyat sudiga apellyatsiya bergan, viloyat sudi dastlabki qarorni öz kuçida qoldirgan.

Holat böyiça içki işlar organi jinoyat işi qözğatişni rad etib, şilqim er-xotinni ma’muriy jazoga tortgan, sud ham IIB tomonidan holatga töğri baho berilgan deb topgan.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinovning Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, mazkur masala Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Hozirda Andijon viloyat prokuraturasi sud hujjatlarini örganmoqda.