Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişining uç yilligi arafasida va uning AQŞ bilan kelajakdagi munosabatlariga oid noaniqlik fonida Yevropa Ittifoqi mudofaa böyiça norasmiy sammit ötkazmoqda. 3 fevral, duşanba kuni Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqi rahbariyati va NATO boş kotibi Bryusselda uçraşib, norasmiy ravişda kelajakni muhokama qilişdi: Yevropa qit’asi uçun qanday qilib yaxşiroq himoya va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça.

Rossiya - «doimiy tahdid»

Sammit iştirokçilari Yevropa Ittifoqining mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş böyiça içki çora-tadbirlar haqida gapirgan bölsa-da, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi yuzasidan taşqi siyosat mavzusi barça muhokamalarda qizil ip kabi ötdi.

Finlandiya boş vaziri Petteri Orpo uçraşuv oldidan: "Biz hammamiz Rossiya tahdid ekanini tuşunişimiz kerak", dedi. «Rossiya Yevropa davlatlari, Yevropa Ittifoqi uçun doimiy tahdid bölib kelgan va şunday bölib qoladi. Bu fikr emas, bu haqiqat», — deya qöşimça qildi u. Şuning uçun Yevropa Ittifoqining har bir davlati mudofaa uçun köproq mablağ ajratişga tayyor bölişi kerak, deydi Orpo.

Mudofaa xarajatlarini oşiriş

2021 va 2024 yillar oraliğida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning umumiy mudofaa xarajatlari 30 foizdan oşdi. 2024 yilda ular 326 milliard yevroni yoki YeI YaIMning taxminan 1,9 foizini taşkil qildi. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Belgiya va Lyuksemburg kabi ba’zi Yevropa Ittifoqi va NATO a’zolari NATO maqsadiga qaramasdan, hali ham yalpi içki mahsulotining ikki foizini mudofaa uçun sarflamaydilar.

«Bu katta muammo, - dedi sammit oldidan Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas. - 2 foizlik maqsad 2014 yilda belgilab qöyilgan edi, şuning uçun barça mamlakatlarda bunga erişiş uçun 10 yil bor edi».

Öz navbatida, Lyuksemburg boş vaziri Lyuk Friden «Yevropa mudofaa ittifoqi»ni yaratiş zarurligini e’lon qildi: «Bugun biz mudofaa haqida, Yevropa mudofaasi zarurati haqida gapiryapmiz. Biz «Ukraina 2.0» sodir bölişini istamaymiz».