Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisining örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov bölib ötgan muzokaralar yakunida ikkita hujjatni imzoladilar.

"Hamkasbim Raşid Meredov janoblari bilan birgalikda Özbekiston va Turkmaniston Taşqi işlar vazirliklari örtasida ikkita muhim hujjatni imzoladik", – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram kanalida. 

2025-2026 yillarga möljallangan qöşma hamkorlik dasturi; Şartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qiliş va takomillaştiriş töğrisida protokol imzolandi. 

"Bundan taşqari, biz xalqaro taşkilotlarda bir-birimizning nomzodlarimizni qöllab-quvvatlaş töğrisida notalar almaşdik", deydi Baxtiyor Saidov.