Rossiyaga deportatsiya qilingan yana 12 nafar ukrainalik bola vataniga qaytdi. Bu haqda 3 fevral, duşanba kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi.
«Qutqarilganlar orasida çidab bölmas sinovlarni boşidan keçirgan bolalar ham bor: okkupatsion tibbiyotning beparvoligi tufayli onasidan ayrilgan 16 yoşli qiz, Rossiya armiyasiga çaqiruv qoğozi berilgan 17 yoşli ösmir, «ta’lim lagerlarida» ruslaştirişga urinişga uçragan bolalar, şuningdek, Rossiya fuqaroligini olişdan boş tortgani uçun otasidan tortib olinmoqçi bölgan 8 yoşli qizaloq», — deb yozadi Yermak.
Xuddi şu ma’lumotlar duşanba kuni Ukrainaning Bring Kids Back UA onlayn-platformasi va Save Ukraine loyihasining kanallarida e’lon qilindi.
Ukrainalik bolalarning Rossiyaga noqonuniy deportatsiyasi
Bring Kids Back taşkilotiga köra, keng kölamli uruş boşlanganidan beri Ukrainadan jami 19 546 nafar bola noqonuniy olib ketilgan. Ulardan 1037 nafari öz vataniga muvaffaqiyatli qaytarildi.
Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarning Rossiyaga deportatsiyasi Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Vladimir Putin va Rossiya bolalar ombudsmvni Mariya Lvova-Belovani hibsga olişga order berişi uçun asos böldi. Kreml ayblovlarni rad etib, bolalar xavfsiz hududlarga olib ketilganini aytadi.








