Germaniya kansleri Olaf Şols Donald Trampning Ukrainaga moliyaviy yordam evaziga AQŞga nodir metallarni yetkazib berişi kerakligi haqidagi talabini tanqid qildi. Nemis siyosatçisi bu haqda 3 fevral, duşanba kuni keçqurun Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqining norasmiy mudofaa sammitidan söng gapirdi.

Şols: Ukraina resurslari mamlakatning öziga kerak

«Uruşdan keyin kerak böladigan hamma narsani moliyalaştiriş uçun uşbu mamlakat resurslaridan foydalaniş kerak böladi», — deya Şols sözlarini keltiradi Reuters. Unga köra, hozir pulni mudofaani qöllab-quvvatlaş uçun işlatiş «juda xudbinlik» böladi.

Şols kelajakda Ukrainaga kuçli armiya, şuningdek, mamlakatni qayta tiklaş uçun mablağ kerak bölişini ta’kidladi. «Ukrainada röy berayotgan ulkan vayronagarçilikni hisobga olsak, bular katta vazifalardir. Şuning uçun ham Ukraina resurslaridan kelajak uçun foydalanilsa yaxşi bölardi, deb öylayman», — deya qöşimça qildi Germaniya kansleri.

Tramp: Yordam evaziga nodir metallar

Avvalroq Donald Tramp Ukraina Qöşma Ştatlarga nodir metallar yetkazib berişga va’da bersa, unga yordam davom etişini aytgan edi. «Biz Ukraina bilan şartnoma tuzmoqçimiz, u yerda ular biz beradigan narsalarni özlarining nodir metallari va boşqa buyumlari bilan ta’minlaydilar», dedi u.

Tramp Kiyev Vaşingtonga resurslar yetkazib berişini xohlaydimi, degan savolga AQŞ prezidenti ijobiy javob berib, nodir metallarni yetkazib beriş böyiça «kafolatga ega bölişni» istayotganini ta’kidladi va Ukraina bunga allaqaçon tayyor ekanini körsatdi. Oq uy rahbarining sözlariga köra, u Kiyevdan körsatilgan yordam uçun Vaşingtonga «deyarli 300 milliard dollar» tovon tölaşini istaydi.