Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida muhojirlikda faoliyat yuritayotgan Rossiya va Belarus mustaqil ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş uçun 3 million yevro ajratilişini e’lon qildi. Bu haqda idoraning 3 fevral, duşanba kuni çop etilgan press-relizida ma’lum qilindi.
Bir yil içida 1500 jurnalist Yevropa Ittifoqiga köçib ötdi
YeK 14 martgaça moliyalaştiriş uçun arizalarni qabul qilişga çaqirdi. «Uşbu yangi qöllab-quvvatlaş bilan Komissiya Yevropa Ittifoqini söz erkinligi va demokratiyaga intilayotganlar uçun asosiy markazga aylantiriş borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda», — deyiladi press-relizda.
Bryussel ma’lumotlariga köra, birgina 2024 yilning özida Rossiya va Belarusdan 1500 ga yaqin mustaqil jurnalist va axborot bölimlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga köçib ötgan.
YeK xabar berganidek, bu Rossiya va Belarus ommaviy axborot vositalariga xorijda yordam beriş uçun Yevropa mablağlarini ajratişning ikkinçi holatidir. Bu birinçi marta 2023 yil iyul oyida sodir bölgan, öşanda Praga fuqarolik jamiyati markazi 2,2 million yevro grant ajratgan. U YeK, Şvetsiya, Çexiya, Buyuk Britaniya, AQŞ va Finlandiya hukumatlari, şuningdek Belgiya va Şveytsariya jamğarmalari tomonidan moliyalaştiriladi.
AQŞdan grantlar töxtatilişi
Yanvar oyi oxirida Donald Tramp Isroil va Misrdan taşqari AQŞning barça taşqi yordam dasturlarini, jumladan grantlarni 90 kunga töxtatdi. 3 fevral, duşanba kunidan boşlab AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) yordam tarqatuvçi ştab-kvartirasi yopildi va xodimlarga işga çiqmaslik buyurildi. USAID veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi X akkaunti faoliyati töxtatildi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio amalda USAID boşqaruvini öz qöliga oldi va uning «direktori vazifasini bajaruvçi»ga aylandi. U boşqaruv vakolatlarini Davlat departamentining boşqa xodimiga topşirdi. Rubio «USAID faoliyatini tugatiş haqida gap ketmayapti», deb ta’kidladi. Biroq, uning sözlariga köra, agentlik AQŞ milliy manfaatlarini ta’minlay olmadi va buning örniga «özini qandaydir tarzda global xayriya taşkiloti deb biladi».
Vaşington sudi Oq uyning federal grantlarni töxtatiş töğrisidagi buyruğini vaqtinça tösib qöydi va bu harakatni «tuzatib bölmaydigan zarar yetkaziş xavfi» deb topdi.








