DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 3-4 fevral kunlari Özbekiston böylab «Qoradori» keng kölamli tadbirlarining dastlabki bosqiçi ötkazildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, uşbu bosqiçda giyohvandlik va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan şuğullanib kelayotgan şaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga çek qöyiş maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar ötkazilgan.

«Ötkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kgdan ortiq giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gaşiş, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8 ming 601 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining aholi orasida tarqatilişi töxtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 dollar va 569 million söm miqdoridagi pul mablağlari daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirildi», deyiladi IIV bayonotida.

Şuningdek, qözğatilgan 222 ta jinoyat işi doirasida 228 nafar şaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi şaxslar uşlandi. 357 nafar şaxslar bilan profilaktik suhbatlar ötkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.

Bundan taşqari, keng kölamli tadbirlar doirasida 175 ta «tiğ», 58 ta «bita», 24 ta «kastet» va 77 ta qurol huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan olingan.

IIVning ma’lum qilişiça, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasidagi tezkor tadbirlar boşqa yönalişlarda ham davom ettiriladi.