Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Falastindagi vaziyat

BMT ma’lumotiga köra, sönggi hafta içida 545 mingdan ortiq kişi Ğazoning janubiy hududlaridan şimoliga qaytgan. 36 ming kişi aksinça şimoldan janubga yöl olgan.

BMT xodimlari Ğazoda 30 mingdan ortiq bolaga şaxsiy identifikatsiya bilaguzuklari taqilganini bildirgan. Bu bolalar uruş harakatlari davomida oilasidan ajralib qolmasligi uçun zarur çora sifatida baholanmoqda.

Şuningdek, BMT Isroil armiyasining Ğarbiy sohildagi Janiyn şahriga uyuştirayotgan hujumlaridan xavotir bildirib, 20 ta binolar vayron qilinib, 50 ga yaqin oila boşpanasiz qolganini qayd etdi.

BMTning Falastin qoçqinlariga yordam agentligi — UNRWA ma’lumotiga köra, Isroil armiyasi Janiyn qoçqinlar lagerini nişonga olgaç, 30 ming fuqaro u yerni tark etgan.

BMT vakillari lagerning bir qismi töliq vayron bölganini tasdiqlamoqda. Isroil harbiylari Ğarbiy sohilda hujumlarni kuçaytirgaç, köplab fuqarolar öz uylarini tark etişga majbur bölmoqda.

AQŞ Falastinga yordamni töxtatdi

Donald Tramp AQŞning BMT inson huquqlari Kengaşidagi iştirokini töxtatiş va Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligi — UNRWA'ni moliyalaştirişni butkul bekor qiliş haqida qaror qabul qildi.

Bu qaror Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Vaşingtonga taşrifi bilan bir vaqtda qabul qilindi. Isroil UNRWA'ni HAMAS bilan aloqadorlikda ayblab kelmoqda, hattoki terrorçi taşkilot ölaroq tan olgan, biroq bu borada heç qanday dalil taqdim etmagan.

BMT ayblovlarni rad etib, Isroil hukumati bir yildan beri heç qanday isbot körsatmaganini ta’kidlamoqda.

AQŞ avval ham 2018 yilda Tramp ma’muriyati davrida inson huquqlari kengaşidan çiqqan edi. Bayden ma’muriyati 2021 yilda AQŞning a’zoligini tiklab, UNRWA'ga yiliga 300–400 mln yordam ajrata boşlagan. Biroq 2024 yil yanvarida Bayden ham taşkilotga tölovlarni vaqtinça töxtatgan edi.

Şimollik koreyslar Kurskni tark etdi