O‘zbekiston | 09:43 / 05.02.2025
6495
1 daqiqa o‘qiladi
Kuala-Lumpurda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarini Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
O‘zbekiston prezidenti faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Mavzuga oid

14:27
«Endi barcha tizimdagi rahbarlar yoshlar ovozini eshitishga majbur» - prezident

15:12 / 13.02.2025
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi

14:44 / 13.02.2025
Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi

14:26 / 13.02.2025