Mamlakat diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga köra, Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vaziri örinbosari Li Xoxyon bilan muloqotda Özbekiston – Koreya Respublikasi nodir metallar ilmiy-texnologik markazi ilmiy işlanmalarini tijoratlaştiriş böyiça hamkorlikdagi işlarni faollaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Litiy, volfram, molibden, noyob tuproq metallari va istiqbolli uran konlarida ularni özlaştiriş va yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş maqsadida Janubiy Koreya kompaniyalari bilan birgalikda geologik tadqiqotlar ötkaziş uçun Koreya Respublikasi moliyaviy va texnik kömagini jalb etiş masalasi ham muhokama qilindi.

Bundan taşqari, Janubiy Koreyaning KIGAM instituti va Koreya konlarni va mineral resurslarni qayta tiklaş korporatsiyasi (KOMIR) bilan geologik resurslar va georisklar böyiça geoaxborot ma’lumotlarini boşqarişning zamonaviy tizimini yaratiş böyiça grant loyihasi natijalari tahlil qilindi. 2025 yilga möljallangan rejalar, jumladan, muhim mineral resurslarga ega istiqbolli hududlarni birgalikda qidiriş va ularni özlaştiriş uçun investorlarni jalb qiliş böyiça rejalar kelişib olindi.

Janubiy Koreya kompaniyalari bilan ötkazilgan ikki tomonlama muzokaralarda Özbekistonda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari atrofliça muhokama qilindi. Xususan, NEW&NEW kompaniyasi bilan birgalikda kosmetika mahsulotlari işlab çiqariş, Kumho P&B Chemicals va Lotte Chemical kompaniyalari bilan bilan kimyo mahsulotlari, KCC Corporation bilan quriliş materiallari işlab çiqariş, EcoBio bilan çiqindilarni qayta işlaş majmuasini quriş, şuningdek, Shindong Resources bilan "Sautbay" volfram konini özlaştiriş imkoniyatlari xususida fikr almaşildi.

Janubiy Koreyaning Kimyoviy menejment assotsiatsiyasi bilan mamlakat sanoat salohiyati bilan tanişiş uçun yirik kimyo kompaniyalari vakillarining Özbekistonga safarini taşkil etiş masalasi muhokama qilindi.

Taşrif yakunlari böyiça Koreya Respublikasi Geologlar jamiyati bilan geologiya sohasida kadrlar tayyorlaş yönalişida hamkorlik töğrisida şartnoma imzolandi. Şuningdek, Toşkent şahrida yetkazib beriş zanjirlarini yölga qöyiş böyiça qöşma yuqori darajadagi muloqot ötkaziş hamda muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni kengaytiriş böyiça aniq tadbirlar, yangi loyiha va taşabbuslarni amalga oşiriş mexanizmlari böyiça "yöl xaritasi" imzolandi.