2024 yilda Özbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion sömga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida keltirib ötilgan.
Ötgan yilda aholi daromadlarining nominal körinişdagi ösişi 18,5 foizni, real ösiş sur’ati esa 8,1 foizni taşkil etgan.

Aholi jon boşiga umumiy daromadlar esa nominal qiymatda 16,1 foizga, real körinişda 5,9 foizga köpaydi. Natijada 2023 yilda aholi jon boşiga yillik örtaça daromad 20 million söm bölgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 24,1 million sömga yetdi.
Hududlar kesimida daromadlarning eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (60 mln 594,4 ming söm), Navoiy (38 ming 112,3 ming söm), Buxoro (27 ming 508 ming söm) va Toşkent (25 mln 123,3 ming söm) viloyatlarida qayt etilgan. Poytaxt va 3 ta viloyatda aholi jon boşiga umumiy daromadlar respublikadagi umumiy körsatkiçdan baland bölgan.

Bu boradagi eng quyi körsatkiçlar Namangan viloyati (16 ming 849 ming söm), Qoraqalpoğiston Respublikasi (16 mln 858 ming söm) va Surxondaryo viloyatida (17 mln 880 ming söm) qayd etilgan.
Aholi jon boşiga daromadlarning eng yuqori real ösişi Toşkent şahri (15,4 foiz), Navoiy (7,9 foiz) va Toşkent (6,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan. Surxondaryo (0,2 foiz), Namangan (0,5 foiz) va Farğona viloyatlarida (1,1 foiz) aholining real daromadlari juda kam miqdorda ösgan.
Aholining umumiy daromadlari tarkibi
2024 yilda aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada ösişi asosan umumiy daromadlar tarkibida 27,9 foiz uluşga ega bölgan yollanma işçilarning daromadlari va 35 foiz uluşga ega mustaqil ravişda band bölişdan olingan daromadlar hamda 26 foizni taşkil etuvçi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli özgarişi hisobiga yuzaga kelgan.

2024 yilning yanvar-dekabr oylari ma’lumotlariga köra, transfertlardan olingan daromadlarning 2023 yilning mos davriga nisbatan nominal ösiş sur’ati 13,7 foizni taşkil etgan. Uşbu davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning uluşi 26 foiz bölgan.








