Trampning Ğazo sektori böyiça bayonoti AQŞning Isroil va Falastin masalasidagi pozitsiyasini qayta belgilaşi mumkin. Xöş, AQŞ mintaqaga qöşin yuborsa, u yerdagi vaziyat qanday şakllanadi?

Ğazo sektoridagi HAMAS va şunga öxşaş guruhlar bilan harbiy töqnaşuvlar ehtimoli ortadimi? Mintaqadagi Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarning uşbu mavzuda pozitsiyalari qanday? «Geosiyosat»da siyosatşunoslar Farhod Karimov va Habibulloxon Azimov kunning eng bahsli mavzusi yuzasidan öz fikrlarini bölişdi.

— Farhod Karimov: Netanyahuning taşrifi, AQŞda Trampning yangi davrida birinçi xorij davlat rahbarini qabul qilişi böldi. Bunda ham öziga xos belgilar bor.

Netanyahu ham aynan Ğazodagi qirq ikki kunlik sulhning ön oltinçi kuni AQŞga ketdi. Ya’ni ön oltinçi kunida uşbu sulhning ikkinçi bosqiçiga ötiş kerak edi, bu degani TSAHAL şimolga qarab yurib hududni tark etişi kerak edi. Aynan şu jarayon hozir Bibining rasmiy taşrifi bilan keçiktirildi. Uçinçidan esa Isroilning içki koalitsion hukumatida bosimlar kuçaymoqda.

Qirq ikki kunlik muhlat tugaşiga yaqinlaşgani sari bu sulhni uzaytiriş haqidagi ayrim takliflar jiddiy e’tirozga sabab bölyapti. Hattoki koalitsion hukumat Netanyahudan voz keçişga va hukumatni qayta şakllantiriş haqida ham gap-sözlar yuribdi.

Mana şunday bosimlar ortida Netanyahu nafaqat Ğazoning kelajak taqdiri, balki özining siyosiy taqdiri haqida ham boş qotirib Vaşingtonga ketdi.

AQŞ tomonidan uşbu hududlar töliq nazoratga olinişi kerak bölsa, harbiylar ham yuborilişi nazarda tutilgan. Şu yerda qayta quriş vayron bölgan hududlarda avariyaviy holatlarda portlamay qolgan bombalardan tozalaşni va yangi turistik iqtisodiy zonani taşkil etişni taklif etdi. Şu orqali Netanyahuga göyoki Tramp yangi bir versiya berganday böldi. Bu versiya bilan Netanyahu özining kabineti bilan muhokama qiladigan bölsa, unga ayrim bosimlar kamayadiganga öxşaydi.

Tramp sönggi paytlardagi çiqişlarida Grenlandiya, Panama, Meksika qirğoği va Ukrainaning siyosiy masalalari haqida ham şunaqa çiqişlar qilgan edi, lekin hali bir aniq qadamlarga ötgani yöq.

Xuddi şunday öylayman, Falastin yoki Ğazo masalasida ham qattiq qörqitişlar orqali siyosiy bosim qiliş orqali masalaga yeçim topişga harakat qilmoqda. Tramp uçun bu oson bölmaydi va birinçi navbatda u izolyatsiyaga tuşmoqda.