AQŞ ittifoqçilari Amerika prezidentining Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog 14-16 fevral kunlari bölib ötadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Donald Trampning Ukrainadagi uruşni tugatiş rejasini taqdim etişini kutişmoqda, deb xabar berdi Bloomberg 5 fevral, çorşanba kuni manbalarga tayanib.

Agentlik suhbatdoşlari reja qançalik batafsil taqdim etilişi va uning taqdimoti qanday formatda ötkazilişiga aniqlik kiritmadi. Biroq, Kellog va boşqa rasmiylarning sönggi haftalardagi izohlari va ommaviy bayonotlari rejaning «kuç orqali tinçlik» tamoyiliga, ya’ni urişayotgan tomonlarni sulhga majburlaş tamoyiliga asoslanişini aniq körsatmoqda.

Mojaroni muzlatiş

Bloomberg yozganidek, Trampning rejasi mojaroning potensial muzlatilişini va Rossiya qöşinlari tomonidan işğol qilingan Ukraina hududini Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bilan «mavhum holatda» uşlab turişni nazarda tutadi. Bu kafolatlar aynan qanday bölişi aniqlanmagan.

Kellogning özi avvalroq X ijtimoiy tarmoğida Myunxen konferensiyasida iştirok etişi va Trampning Ukrainadagi «qonli va qimmat» uruşni tugatiş maqsadi haqida gapiriş imkoniyatini «intiqlik bilan» kutayotgani haqida yozgan edi. «Amerikaning biz bilan işlaşga tayyor ittifoqçilari bilan uçraşaman», deb yozgan maxsus vakil.

Avvalroq Amerikaning NBC News telekanali öz manbalariga tayanib, AQŞ prezidenti ma’muriyati Ukrainadagi mojaroni qanday hal qiliş borasida ikkiga bölingani haqida xabar bergan edi. Tramp jamoasining bir qismi Moskvaga Rossiyaning olğa siljişini töxtatiş uçun bosim ötkaziş tarafdori, bu ğoyani Kellog va milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Mayk Uolts qöllab-quvvatlaydi. Ammo Ukrainaga yordamni qisqartirişni yoqlayotganlar ham bor. NBC Tramp jamoasidan kim bu ğoyani qöllab-quvvatlaşiga aniqlik kiritmadi.