5 fevralga ötar keçasi Volodimir Zelenskiyning britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan bir yarim soatlik intervyusi e’lon qilindi. Unda Ukraina prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosining hozirgi holati va harbiy harakatlar yakunlanganidan keyin nima bölişi borasidagi qaraşlarini batafsil bayon etgan.
Putin bilan muzokaralarga tayyorligi haqida. Zelenskiy «agar bu ukrainlarga tinçlik olib keluvçi va odamlarni yöqotmaydigan yagona konfiguratsiya bölsa», Putin bilan muzokaralar stoliga ötirişga tayyorligini aytgan. Uning sözlariga köra, bunday vaziyatda Rossiya prezidentiga şaxsiy munosabati ahamiyat kasb etmaydi: «Unga qanday munosabatda bölişimning nima farqi bor? Men unga mehribonlik qilmayman. Men uni duşman deb bilaman, töğrisi, u ham meni duşman deb biladi».
Halok bölgan ukrain harbiylari haqida. Zelenskiyning qayd etişiça, uruş boşlanganidan buyon 45 100 nafar ukrain harbiy xizmatçisi halok bölib, 390 mingga yaqin kişi yaralangan. «Aniq raqamlar biz uçun juda muhim», — deya işontiradi u. Ukraina prezidenti rossiyaliklarning yöqotişlarini 350 ming qurbon, 600-700 ming yarador va 50-70 ming bedarak yöqolgan kişiga baholagan. Halok bölganlar va yaralanganlar nisbatidagi farqni Zelenskiy Rossiyaning «dala tibbiyoti ukrainlarnikidan kuçsizroq ekani va ular yaradorlarni olib çiqmasligi, ular yaralangan joyida qoldirilişi» bilan tuşuntirgan.
NATOga kiriş va yadroviy qurol haqida. Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilarkan, Zelenskiy agar mamlakatning NATOga kirişi yillar yoki önlab yillarga keçiktirilsa, masalani Ukrainada yadroviy qurol bölişi bilan hal etiş mumkinligini aytgan. «Keling, bunday qilamiz: bizga yadroviy qurol qaytarilsin, bizga raketa komplekslari berilsin, hamkorlar millionlik armiyani moliyalaştirişda yordam körsatsin, odamlarimiz xotirjam bölişi uçun kontingentlaringizni biz barqarorlik bölişini istaydigan regionlarga joylaştiring», — degan u. Zelenskiy agar tinçlik kelişuv şartlariga köra, Ukraina NATOga a’zo bölişdan voz keçişi kerak bölsa, Rossiya anneksiya qilingan barça hududlarni qaytarişi kerakligini qöşimça qilgan: «[Putin] biz NATO a’zosi bölişimizdan qörqqanidan bostirib kirgandi. Yaxşi, biz NATO a’zosi bölmaymiz — yerlarimizni qaytaring».
Saylovlar haqida. Ukrainada saylovlar harbiy harakatlarning faol fazasi yakunlanib, harbiy holat bekor qilinganidan keyingina ötkaziladi. Zelenskiyning sözlariga köra, «harbiy holat hozir bekor qilinişi — aynan Putin istayotgan iş». Zelenskiy agar harbiy holat bekor qilinsa, unda harbiy xizmatçilarning katta qismi uyga qaytiş uçun qonunan haqli böladi — va şunday qilişadi ham . «Ammo unda Ukrainani kim himoya qiladi? Xavfsizlik kafolatisiz Rossiya yana bostirib kiradi», — degan u. Zelenskiy «doimo saylovlar tarafdori bölgani»ga işontirgan, ammo şunçaki uruş davrida ularni ötkazib bölmasligini ta’kidlagan. «Okoplardagi askarlar qanday qilib ovoz bersin? Işğol etilgan hududlarimizdagi millionlab ukrainlar bilan nima böladi? Yoki ularning ovozi endi ahamiyatga ega emasmi?» — deydi u.









