Jizzax viloyatida 2024 yili ötkazilgan nazorat tadbirlarda 822 gektar yer maydonlari talon-toroj qilingani aniqlanib, 111 ta jinoyat işlari qözğatilgan.
Şundan 6 ta holatda 55 gektar suğoriladigan yerlarda fuqarolar noqonuniy uy-joy qurgani oqibatida davlatga 13,3 mlrd söm zarar yetkazgan.
Masalan, fuqaro J.X.ning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda Yo.D. fuqaro J.X.ni aldab, Zomin tumanida özboşimçalik bilan egallab olingan jami 0,13 gektar yer maydonini 300 mln sömga sotişga kelişib, 200 mln söm hamda 8 ming dollar olgan vaqtda uşlangan.
Yer sotiş bilan boğliq 36 ta jinoyatlar foş etilib, 362 gektar yerning noqonuniy muomalasi oldi olingan.
Şuningdek, Samarqandda fuqaro F.O.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir ötkazildi.
Fuqaro T.Ş. ukasi M.R. rahbarlik qilib kelayotgan Urgut tumanida joylaşgan “R.B.N.” fermer xöjaligiga qaraşli 2,4 gektar suğoriladigan yer maydonini 95 ming dollarga sotişga kelişgan. U kelgusida mansabdor tanişlari orqali hujjatlarni uning nomiga rasmiylaştirib berişini va’da qilib, oldindan 10 ming dollar olayotgan vaqtida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda köp miqdorda) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borişga kirişilgan.
Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirlarda 1 980 gektar yer maydonlarini 14,6 mln dollar va 13,6 mlrd sömga sotiş holatlariga çek qöyilib, 4,3 mln dollar va 9,4 mlrd söm aşyoviy dalil sifatida olingan.







