Janiyndagi vayronkor hujumlar, Trampning kutilayotgan tinçlik rejasi va Yevroittifoqdan Putin uçun tribunal - kun dayjesti
|19:15 / 06.02.20256 4229 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Falastindagi vaziyat
Isroil armiyasi Ğarbiy sohildagi Janiyn qoçqinlar lagerini vayron qilişda davom etmoqda. Ötgan kunlar içida qator mahallalar yöq qilindi, minglab falastinliklar boşpanasiz qoldi. Janiyn meri buni sönggi 20 yildagi eng katta fojia deb atadi.
Janiynda Isroil ikki hafta avval maxsus operatsiya boşlagan va uni Eronga aloqador guruhlarga qarşi kuraş deb atamoqda. Biroq Tel-Aviv bu borada heç qanday dalil taqdim etganiça yöq. Hujumlarda 30 dan ortiq kişi, asosan ayollar va bolalar halok bölgan.
Isroilning tank va buldozerlari köçalarni vayron qildi, uylar portlatildi. BMT ma’lumotlariga köra, Janiyndagi 3490 ta oiladan atigi 100 tasi qolgan. Taşkilot bu holat Ğazodagi muvaqqat töxtaş jarayoniga xavf solişini va yangi keskinlikka sabab bölişi mumkinligini ogohlantirmoqda.
Isroil harbiylari Tubas va Tulkarmda ham reydlar ötkazmoqda. Falastin soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, yil boşidan buyon Ğarbiy sohilda 70 kişi halok bölgan, şulardan 38 nafari Janiynda öldirilgan.
Falastinliklar buni yangi Naqba — 1948 yildagi katta qoçqinlik fojiasining takrori, deb baholamoqda.
Trampning Ğazo böyiça rejasi tanqid ostida
AQŞ prezidenti Donald Tramp Falastin aholisini köçirib yuboriş va Ğazoni nazoratga oliş niyati borligini bildirdi. Bu esa xalqaro maydonda qattiq tanqidlarga sabab böldi.
Ar-Riyod Falastin davlatini tuzmasdan Isroil bilan munosabatlar normallaştirilmasligini yana bir bor ta’kidladi. Falastinliklarni majburan köçiriş mumkin emasligini qayd etdi.
Rasmiy Moskva Tramp rejasini «kollektiv jazo» deb baholab, Ğazo va Ğarbiy sohilni bosib oliş xalqaro huquqni buzişini ta’kidladi.
Pekin falastinliklarni majburan köçirişga qarşi ekanini bildirdi va ikki davlat prinsipiga asoslangan muzokaralarni qayta boşlaşga çaqirdi.
Taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan rejani «noqonuniy» deb atadi va Anqara Isroilga qarşi çoralarni qayta körib çiqişini bildirdi.
Mavzuga oid
London «ikki davlat yeçimi» tarafdori ekanini va Falastin xalqining öz tuproğida yaşaş huquqini himoya qilişini bildirdi.
BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk ham Donald Trampning Ğazoni «egallab oliş» va u yerda yaşovçi falastinliklarni köçiriş rejasini tanqid qildi. Uning ta’kidlaşiça, «okkupatsiya qilingan hududlarda insonlarni majburiy köçiriş yoki ularni u yerdan deportatsiya qiliş qat’iy taqiqlangan».
Amnesty International taşkilot rahbari falastinliklarni köçiriş «etnik tozalaş»ga teng ekanini va bu jinoyat sifatida baholanişini ta’kidladi.
Suriya va Turkiya strategik şeriklik ostonasida
Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Suriya prezidenti Ahmad aş-Şar’a örtasida muzokaralar bölib ötdi. Uçraşuvdan söng ular matbuot anjumanida çiqiş qildi.
Aş-Şar’a Turkiyaning mehmondöstligi uçun minnatdorlik bildirdi va turk xalqi tomonidan millionlab suriyalik qoçqinlarni qabul qiliş tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Suriya va Turkiya qon tökilişini töxtatiş va mintaqa xavfsizligini ta’minlaş maqsadida özaro hamkorlikni mustahkamlaşda davom etadi.
Suriya rahbari ikki davlat örtasidagi munosabatlar endi çuqur strategik şeriklik darajasiga ötişi kerakligini ta’kidladi. Ularning hamkorligi hozirça humanitar, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarni qamrab olgan bölsa-da, kelgusida xavfsizlik va siyosiy yönalişda ham uzoq muddatli şeriklikka aylanişi kutilmoqda.
Aş-Şar’a Suriyaning hududiy yaxlitligiga tahdid solayotgan muammolar va bu borada xalqaro bosimni kuçaytiriş kerakligini ta’kidladi. Şuningdek, u Isroilning Suriya janubidagi bufer hududdan çiqişi uçun 1974 yilgi kelişuvni bajarişini talab qildi.
Trampning Ukraina böyiça tinçlik rejasi
AQŞ prezidenti Donald Tramp jamoasi 14–16 fevral kunlari Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Ukraina böyiça tinçlik rejasini taqdim etadi. Bu haqda Bloomberg manbalari xabar berdi.
Rejani Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog taqdim etadi. Tafsilotlar hozirça noma’lum, ammo manbalarga köra, reja «zöravonlik orqali tinçlik» tamoyiliga asoslangan. Rossiya bosib olgan hududlarning maqomi aniqlaştirilmay qolişi mumkin, ammo Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari taklif etilişi kutilyapti.
Bu kafolatlarning qanday şaklda bölişi hozirça noaniq. Şuningdek, Rossiyaning tinçlik şartlariga qöyadigan talablari haqida ma’lumot yöq.
Zelenskiy muzokaralarga tayyorligini bildirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vladimir Putin bilan töğridan töğri muzokaralarga tayyorligini e’lon qildi. Uning aytişiça, agar bu uruşni tugatiş va ukrainaliklarning hayotini saqlab qolişning yagona yöli bölsa, Kiyev bu qadamga boradi. Biroq muzokaralar AQŞ va Yevropa Ittifoqi iştirokida ötişi lozim.
Zelenskiy Donald Tramp mojaroni hal etişi mumkinligini va Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari taklif qila olişini ta’kidladi. U, şuningdek, harbiy yöl bilan barça bosib olingan hududlarni qaytariş imkoniyati yöqligini, diplomatik usullar samaraliroq bölişi mumkinligini qayd etdi.
Ukraina rahbari uruş tugaganidan söng saylov ötkaziş niyatida ekanini tasdiqladi. U frontdagi harbiylar, bosib olingan hududlar aholisi va çet eldagi ukrainaliklarning ovoz beriş imkoniyati hal etilişi kerakligini aytdi.
Zelenskiy Rossiya va Ukraina yöqotişlari haqida ham raqamlarni keltirdi. Unga köra, Ukraina 45 ming harbiy yöqotgan, 390 ming kişi yaralangan. Rossiyaning yöqotişlari esa 350 ming öldirilgan, 50-70 ming bedarak yöqolgan va 600-700 ming yaralangan askarlardan iborat, deb baholanmoqda.
Ğarb manbalariga köra, Rossiyada halok bölganlar soni 115-200 ming atrofida, yaradorlar esa 400-500 mingni taşkil etadi.
Kreml ham Zelenskiy bilan muzokaralarga rozi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Volodimir Zelenskiyni «nolegitim» deb hisoblasa-da, Kreml u bilan töğridan töğri muzokaralar ötkazişga tayyor. Bu haqda matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskovga köra, muzokaralar uçun Ukraina rahbariyati bu borada «manfaatdorligini namoyon etişi» va Rossiya bilan aloqalarni çeklovçi qonunlarni bekor qilişi kerak. Aks holda Kreml Zelenskiyning Rossiya prezidenti bilan töğridan töğri muzokaralarga tayyor ekani haqidagi bayonotini jiddiy qabul qilmaydi.
«Tayyorlik nimagadir asoslanişi kerak… Şuning uçun hozirça buni quruq gapdan boşqa narsa sifatida qabul qilib bölmaydi», — dedi Peskov.
YeI Putin uçun tribunal taşkil etadi
Yevropa kengaşi Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyati böyiça Maxsus tribunal taşkil etişning huquqiy asoslarini kelişib oldi. Agar tribunal taşkil etilsa, u Xalqaro jinoiy suddan mustaqil faoliyat yuritadi.
Yevropa Ittifoqi vakillariga köra, bosqinçilik jinoyati uçun javobgarlik hujum haqida qaror qabul qilgan mamlakat rahbariyati zimmasiga yuklanadi. Bu Putinga nisbatan sud işi oçilişiga yöl oçişi mumkin.
Yevropa Ittifoqining oliy vakili Kaya Kallas Putinning «bosqinçilik jinoyati» sodir etganiga şubha yöqligini aytdi. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham Rossiyaning Ukrainaga hujumi xalqaro huquqni qöpol buzişini ta’kidladi.
Tribunal taşkil etiş böyiça 41 ta davlat vakilining işçi guruhi 14-uçraşuvni aprelda ötkazadi. Unda rasmiy qaror qabul qilinişi kutilmoqda.
MRB xodimlari işdan böşatilmoqda
AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi barça xodimlariga ixtiyoriy ravişda işdan ketişni taklif qildi. Wall Street Journal naşriga köra, bu qaror Donald Tramp ma’muriyatining milliy xavfsizlik ustuvorliklariga moslaşiş maqsadida qabul qilingan.
Işdan böşatilganlarga 8 oylik maoş va imtiyozlar saqlab qolinadi. Ammo bu taklifdan kimlar foydalana olişi hozirça aniq emas. Şuningdek, MRB yangi xodimlar qabul qilişni ham vaqtinça töxtatgan.
Tramp MRB uçun uçta asosiy vazifa belgilagan: narkokartellarga qarşi kuraş, Xitoy bilan savdo uruşini kuçaytiriş va Pekin ta’sirini kamaytiriş.
Mavjud özgarişlar keng kölamli davlat tozalaş jarayonining bir qismi bölib, Tramp hokimiyatga sodiq kadrlarni joylaştirişni maqsad qilgan.