RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 5 fevral kuni Oq uy ma’muriyati bilan aloqalar sönggi vaqtlarda intensiv tus olganini ma’lum qildi.

«Men bu örinda quyidagilarni aytişim mumkin: alohida idoralar örtasida çindan ham kontaktlar bor. Sönggi vaqtlarda bu aloqalar kuçaygan. Boşqa qandaydir detallarni ayta olmayman», — degan Peskov.

Peskov bu bilan Donald Trampning AQŞ ma’muriyati Moskva bilan Ukrainadagi uruşni hal qiliş böyiça muzokaralar olib borayotgani haqidagi bayonotini bilvosita tasdiqladi.

Bu Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Moskva Amerika tomoni bilan muloqotni aniq tasdiqlagan ilk rasmmiy izoh böldi. Tramp esa bir neça marta — inauguratsiyasidan ham oldinroq — uning jamoasi RF hukumati bilan aloqada bölib turganini aytgandi, ammo Kremldagilar buni rad etayotgandi.

Moskva va Vaşington örtasida «jamoalar darajasidagi» muloqot 2024 yilning noyabrida, Putin va Tramp örtasida göyoki birinçi töğridan töğri aloqa bölib ötgan paytda boşlangan, deb yozadi The Moscow Times ikki rossiyalik rasmiyga tayanib. Ularning sözlariga köra, tomonlar bu faktni ataylab oşkor etmagan va «Amerika isteblişmenti tomonidan bölajak AQŞ prezidentiga bosim ötkazmaslik» uçun muloqot boşlanişini har tomonlama rad etgan. Şu bilan birga, naşrning Rossiya TIVdagi manbasi aniqlik kiritişiça, ayni paytda Kreml AQŞning yangi ma’muriyati bilan boş muzokaraçi lavozimiga nomzod qidira boşlagan va bu funksiya katta ehtimol bilan Putinga eng yaqin kişiga işonib topşiriladi.

Peskov: Rossiya Zelenskiy bilan muzokaradan boş tortmaydi, biroq şart bor

Şu bilan birga, Dmitriy Peskov Kreml Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaradan boş tortmasligini aytdi, garçi Vladimir Putin uni «noqonuniy» davlat rahbari deb hisoblab keladi. «Janob Zelenskiyning qonuniyligi borasida de-yure katta muammolar bor, biroq şunga qaramay, Rossiya tomoni muzokaralar uçun oçiqligiça qolmoqda», — deya Peskov sözlarini keltiradi «Interfaks».

Şu bilan birga, uning ta’kidlaşiça, Ukraina rahbariyati bundan «manfaatdorligini namoyon etişi» va Putin bilan aloqaga qöyilgan qonunçilik taqiqini bekor qilişi kerak. Aks holda Kreml Zelenskiyning Rossiya prezidenti bilan töğridan töğri muzokaralarga tayyor ekani haqidagi bayonotini jiddiy qabul qilmaydi. «Tayyorlik nimagadir asoslanişi kerak… Şuning uçun hozirça buni quruq gapdan boşqa narsa sifatida qabul qilib bölmaydi», — deydi Peskov.

Bir kun avval britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida Zelenskiy boşqa variantlar bölmasa, Putin bilan töğridan töğri muzokaralar olib borişga tayyorligini aytdi. «Agar bu biz ukrainaliklar uçun tinçlikka erişa oladigan va odamlarni yöqotmaydigan yagona konfiguratsiya bölsa, albatta, bunga boramiz», dedi Ukraina prezidenti. Yöl-yölakay u bu işda uning Putinga nisbatan şaxsiy munosabati ahamiyatsiz ekanini ta’kidladi.