Metan-şoxobçalarda barqaror ta’minot bölmagan, sifatli benzin Amerikadagidan ham qimmat bölgan Özbekistonda elektromobillar aholining muayyan qatlami uçun yagona alternativ bölib qolayotgandi. Elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimining aqlga siğmaydigan darajada oşirilişi bu umidlarni puçga çiqardi.
Özbekistonda ekologik transport vositalariga ösib borayotgan talab notarif tösiqlar bilan böğilyapti.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, 2025 yil 1 maydan boşlab import qilinadigan elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi keskin oşirildi. Işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan elektromobillar uçun yiğim BHMning 30 barobaridan 120 barobariga yoki 45 million sömgaça oşirildi. Agar elektromobil işlab çiqarilganiga 3 yildan oşgan bölsa, yiğim BHMning 210 barobari yoki 78,75 million sömni taşkil qiladi (hozir bu miqdor 90 BHMga teng).
Yöq utilizatsiyaga yiğilgan 1,8 trillion qani?
Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, birgina 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekistonga benzinda harakatlanadigan 26 643 dona yengil avtomobil, 11 424 dona gibrid avtomobil, 16 205 dona elektromobil import qilingan.
Agar bu davrda mamlakatda olib kirilgan benzinli maşinalarning hammasini şartli ravişda yangi bölgan deb hisoblasak ham, utilizatsiya uçun eng kamida 1 trln 87 mlrd söm, elektromobillardan eng kamida 165 mlrd söm, gibrid maşinalardan esa 117 mlrd söm undirilgan.
2024 yilning 1 oktyabridan BHM miqdori 340 ming sömdan 375 ming sömga oşirildi. Şundan kelib çiqilsa, ötgan yilning 4-çoragida import qilingan 6 269 dona benzinda yuradigan yengil avtomobildan eng kamida 282 mlrd söm, 7 886 dona elektromobildan 89 mlrd söm, 6056 dona gibrid avtomobildan 68 mlrd söm yiğilgan bölişi mumkin.
Umumiy hisobda esa 2024 yilda birgina utilizatsiyaning özi uçun import yengil avtomobillardan kamida 1,8 trln söm olingan bölişi kerak. Bu raqam eng minimal körsatkiçlardan kelib çiqib hisoblangan bölib, reallik bundan kattaroq summani taşkil etişi mumkin.







