Uzum milliy raqamli ekotizimi 2024 yilda Özbekiston budjetiga qariyb 1,2 trillion söm (94,8 million dollardan ortiq) mablağ ötkazib, mamlakatdagi eng yirik xususiy soliq tölovçilardan biri böldi. Ekotizim soliq tölovlari hajmi böyiça Özbekistondagi xususiy kompaniyalar orasida ikkinçi örinni egalladi. Şu bilan birga, yil davomida Uzum’ning soliq tölovlari miqdori 28 foizga oşdi. Bu Özbekiston budjeti daromadlarining 0,3 foizini ta’minladi.
Şu bilan birga, yil davomida ekotizimning soliq ajratmalari miqdori 28 foizga oşdi va Özbekiston budjeti barça daromadlarining 0,3 foizini ta’minladi.
2024 yilning oxiriga kelib Uzum ekotizimi xizmatlaridan Özbekistonning har uçinçi fuqarosi foydalangan. Ekotizim mahsulotlari ustida butun mamlakat böylab 11 mingdan ortiq xodim işlaydi, Uzum esa IT sohasida iş örinlarini faol yaratmoqda, şuningdek, mamlakatning barça hududlarida yoşlarning kasbiy ösişi uçun imkoniyatlar taqdim etmoqda. Ötgan yili kompaniya 3000 ga yaqin yangi iş örinlarini yaratdi. Bunda Uzum hamkorlaridagi iş örinlari hisobga olinmagan.
Bundan taşqari, Uzum xizmatlari va infratuzilmasidan öz biznesini rivojlantiriş uçun foydalanadigan hamkorlarda ham yangi iş örinlari paydo bölmoqda. Bular Uzum Market milliy marketpleysida tovarlarni sotuvçi tadbirkorlar, Uzum Tezkor yetkazib beriş xizmati bilan hamkorlik qiluvçi restoranlar, kafe, dökonlar va boşqalardir. Şunday qilib, raqamli ekotizimning rivojlanişi bilan butun mamlakat böylab kiçik va örta biznesni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar vujudga kelmoqda.
"Uzum raqamli xizmatlari Özbekistonda kiçik va örta tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va rivojlantirişda muhim rol öynaydi. Bizning qarorlarimiz tufayli minglab tadbirkorlar öz bizneslarini rivojlantiriş va kengaytiriş uçun zamonaviy vositalardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölmoqda. Biz millionlab odamlar uçun yangi imkoniyatlar yaratib, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirişga sarmoya kiritişda davom etmoqdamiz, — deydi Uzum ekotizimi asosçisi va CEO Jasur Jumayev. — Mamlakatimizda biznes uçun fintech xizmatlari va elektron tijoratni rivojlantiriş orqali biz iqtisodiyotni oqartiriş va soliq tuşumlarini oşirişga hissa qöşamiz. Biz Özbekistonni xalqaro investitsiya va IT hamjamiyati uçun yana-da jozibador qiliş orqali mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiyotiga hissa qöşayotganimizdan faxrlanamiz".
Uzum haqida
Jismoniy şaxslar, kiçik va örta biznes uçun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlaştirgan Özbekiston raqamli ekotizimi: marketpleys, tezkor yetkazib beriş xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL-xizmati, avtomobil sotib oliş platformasi, şuningdek, tadbirkorlar uçun ilova. Uzum xizmatlaridan har oyda Özbekistonning 13 milliondan ortiq aholisi foydalanadi.







