Yaponiya hukumati boş kotibi Yesimasa Hayasining ma’lumotlariga köra, qor yoğişi oqibatida bir kişi — 80 yoşli ayol vafot etdi. U qor tozalaş paytida yiqilgan. Tört kişi oğir ahvolda, yana beş kişi yengil tan jarohati olgan. Ularning aksariyati muzlagan yölaklarda sirpanib yiqilgan.

Binolarga zarar yetdi, 790 ga yaqin uy elektr ta’minotisiz qoldi.

Foto: STR/JIJI Press/AFP

Hokkaydo prefekturasida 130 dan ortiq içki reyslar bekor qilindi. Bundan taşqari, Tohoku, Hokuriku va boşqa mintaqalardagi aeroportlar faoliyat körsatmayapti. Yaponiya hukumati vaziyat rivojlanişini sinçkovlik bilan kuzatib bormoqda va favqulodda xizmatlar harakatlarini muvofiqlaştirmoqda.

Livedoor News portali xabariga köra, 5 fevral kuni ertalab qor yoğişi va yöllarning muzlaşi oqibatida 83 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Xodimlar işga kela olmagani va tovarlarni yetkazib beriş jadvallari buzilgani sababli 370 ga yaqin maktab va dökonlar yopilgan.

Yaponiyaning ayrim hududlarida seşanba kuni rekord darajada — 129 santimetr qor yoğdi, boşqa joylarda esa qor qatlamining balandligi 130 santimetrdan oşib ketdi. Mamlakat meteorologiya xizmatining ma’lumotlariga köra, past bosim hafta oxirigaça qor böronlarini keltirişda davom etadi. Yoğingarçilik bilan birga sekundiga 25 metrgaça yetadigan kuçli şamol esmoqda.