Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer avtomobil tutun çiqargiçlarida quriliş köpigi qöllangan qöporuvçilik ortida Rossiya turgan bölişi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda u 6 fevral, payşanba kuni dpa agentligiga ma’lum qildi.
«Biz bu Rossiyaning diversiyasi bölişi mumkinligi haqidagi şubhalarni jiddiy qabul qilamiz. Hozirda tergov qizğin davom etmoqda va biz vaziyat töliq oydinlaşgunça kutişimiz kerak», — deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi jurnalistlar. Biroq, vazirning sözlariga köra, «Rossiya ta’siri operatsiyasini» inkor etib bölmaydi.
Fezerning ta’kidlaşiça, Kreml köpinça razvedka xizmatlari nomidan harakat qiladigan, aslida ularga tegişli bölmagan maxsus vositaçilardan foydalanadi. Bundan taşqari, Moskva, deb hisoblaydi siyosatçi, «Bundestagga saylovlarga ta’sir ötkazişdan manfaatdor».
Germaniya rasmiylari Rossiyani yuzlab maşinalarga zarar yetkazganlikda gumon qilmoqda
Germaniya politsiyasi bir vaqtning özida bir neçta federal yerlarda avtomobillarga ataylab zarar yetkaziş orqali sodir etilgan bir qator qöporuvçilik harakatlarini tekşirmoqda. Şu bilan birga, Rossiya maxsus xizmatlaridan birining uşbu seriyaga aloqador ekanligiga şubhalar tekşirilmoqda, deb xabar berdi dpa agentligi 5 fevral kuni Germaniya xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib. Agentlik suhbatdoşiga köra, dastlabki tergov ma’lumotlariga qaraganda, diversantlar öz harakatlari uçun rossiyalik buyurtmaçidan pul olgan.
Avvalroq Der Spiegel haftaligi Berlin, Baden-Vyurtemberg, Bavariya va Brandenburgdagi 270 dan ortiq avtomobilning tutun çiqargiçlari poliuretan köpik bilan töldirilganiga boğliq hodisalar yuzasidan ötkazilgan tergovning birinçi natijalarini e’lon qilgan edi. Ötgan yilning dekabr oyida Şyonefeld Brandenburg jamoatida politsiyaçilar furgonni tekşiriş çoğida bir neçta quriliş köpigi bölgan kanistrlarni aniqladilar, unda Germaniya janubida yaşovçi uç yigit – serbiyalik, bosniyalik va germaniyalik şaxs bölgan. Oradan köp ötmay, 43 ta avtomobil egalari tutun çiqargiçlarida şunday köpik paydo bölganini aniqlab, politsiyaga murojaat qilgan.








