Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida tadbirkor köp miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum böldi, deb xabar bermoqda «Hududgazta’minot».

«Hududgaz Jizzax» GTF komplayens nazorat tuzilmalari, «Ğallaoroltumangaz» GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari iştirokida tezkor tadbir ötkazildi.

Samarqand köçasida yaşovçi fuqaro xonadonida rudadan rangli metallarni ajratiş uçun tabiiy gaz tarmoğiga hisoblagiçdan taşqari rezina şlang orqali ulanib, «zangori yoqilği»dan noqonuniy foydalanib kelgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 354 million sömlik zarar aniqlandi.

Mazkur noqonuniy holat böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirildi.