Tajriba tariqasida ijaraçilarning mustaqilligi va yuqori qöşilgan qiymatli ekinlarni yetiştirişga asoslangan qişloq xöjaligi yer uçastkalarini ajratişning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Bunda yer uçastkalari konturlar yaxlitligi va suğoriş tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargaça bölgan ölçamlarda E-auksion savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolariga qöyiladi.
Har bir lot hujjatlarida, keyinçalik – yer uçastkalarining ijara şartnomalarida quyidagilar majburiy tartibda körsatiladi:
- yer uçastkasining normativ qiymati va tuproği bonitet balli;
- tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalari, örganiş vaqti;
- almaşlab ekişga tavsiya etiladigan asosiy va takroriy ekinlar turlari;
- suv bilan ta’minlaş usullari, davlat tomonidan kafolatlangan yillik suv yetkazib beriş limitlarining eng past va eng yuqori darajalari;
- dalaning çetlarida (muhofaza zonasidan taşqari) ijaraga berilgan kontur maydonining 1 foizidan oşmaydigan, 20 sotixdan köp bölmagan qismida qişloq xöjaligiga xizmat körsatiş obektlarini joylaştirişni hisobga olgan holda işlab çiqilgan yer tuzilişi loyihasi.
Elektron onlayn-auksion savdolarida barça jismoniy va yuridik şaxslar (rezidentlar), şu jumladan xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar qatnaşişi mumkin. Bunda auksion ğolibi keyinçalik yer uçastkasi joylaşgan viloyatda (Qoraqalpoğistonda) yuridik şaxs taşkil etişi yoki öz yuridik manzilini uşbu hududga özgartirişi lozim.
Elektron onlayn-auksion savdolarida boşlanğiç narx yer uçastkasining normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Sotilmagan lotlar har beş kunda lot qiymatidan 10 foizdan boşlanğiç narxning 20 foizigaça bosqiçma-bosqiç kamaytiriş bilan takroriy auksionga qöyiladi.
Bundan taşqari, yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion ğolibi – ijaraçi Yer kodeksida belgilangan huquq va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega böladi:
- yer uçastkasidan 49 yil davomida ijara huquqi asosida foydalaniş, şuningdek keyinçalik ijara muddatini uzaytiriş;
- qişloq xöjaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil belgilaş;
- ijara şartnomasi böyiça öz huquq va majburiyatlarini ijara muddati davomida boşqa şaxsga bepul yoki haq evaziga ötkaziş (qayta ijaraga beriş), yer uçastkasini subijaraga beriş – Yer kodeksiga muvofiq va boşqalar.








