Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda qöllayotgan Şimoliy Koreya ballistik raketalari 2024 yil dekabr oyi oxiridan boşlab ança aniqroq böldi. Bu haqda 6 fevral, payşanba kuni Ukrainaning ikki yuqori martabali manbasiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Ularning sözlariga köra, sönggi haftalarda Ukrainaga qarata otilgan snaryadlar 50-100 metrdan köp bölmagan oğiş bilan möljallangan nişonlarga tegişni boşlagan bölsa, ilgari raketalarning aniqligi 1-3 kmni taşkil qilgan. Bu Şimoliy Koreya özining raketa texnologiyasini sinovdan ötkaziş uçun jang maydonidan muvaffaqiyatli foydalanayotganini körsatadi, dedi Reuters'ning armiyadagi va Ukraina hukumatidagi ismi sir qolişni istagan manbalari.
Seuldagi Asan siyosatşunoslik institutining qurol-yaroğ böyiça eksperti Yang Vuk agentlikka uning Ukrainadagi manbalari Şimoliy Koreya Rossiyaga topşirgan raketalarning sönggi partiyalarida yaxşilangan samaradorlik ham tasdiqlanganini aytdi. «Çunki ular raketalarni işlab çiqaradi va mijozlardan – Rossiya armiyasidan fikr-mulohaza oladi, ular işonçliroq raketalarni yaratiş uçun zarur bölgan tajribaga ega böladi», deb tuşuntirdi ekspert.
Şimoliy Koreya Rossiyaga qöşimça qöşinlar yuborişga tayyorlanmoqda
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bir neça ming şimoliy koreyalik askarini yöqotganidan söng Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga qöşimça qöşin jönatişga qaror qildi, deb xabar bermoqda 24 yanvar kuni "Renxap" axborot agentligi Janubiy Koreya ştab boşliqlari birlaşgan qömitasiga tayanib.
Departamentning eslatişiça, 11 ming kişidan iborat birinçi guruh yuborilganiga deyarli tört oy böldi. Bu vaqt içida u uçdan bir qismga qisqardi va bir neçta Şimoliy Koreya askari asirga olindi. Şunga qaramay, KXDR Rossiya armiyasiga yordam beriş uçun qöşimça kuçlar yuborişga tayyorgarlikni kuçaytirdi, deb ta’kidladi qömita.
22 yanvar kuni Pentagondagi yuqori martabali manba The New York Times (NYT) naşriga xuddi şunday ma’lumotni yetkazdi. Unga köra, Şimoliy Koreya yaqin ikki oy içida Rossiyaga qöşimça kuçlar yuboradi. Biroq, na Pentagon, na Janubiy Koreya ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi harbiy xizmatçilar sonini aniqlaştirmadi. Avvalroq Moskva Pxenyanga har bir askar uçun ikki ming dollar tölayotgani ma’lum qilingandi, bu KXDR fuqarosining 83 yillik maoşiga teng.









