«Siti»da qayta quriş va Saudiya ertagi davom etişi. Qişning asosiy transferlari
|21:10 / 07.02.202515 50017 min
Gvardiola jamoasiga tört nafar yangi futbolçi oldi, YeÇLda qatnaşayotgan «Aston Villa»ga uç nafar yangi futbolçi kelib qöşildi.
Qişki transferlar odatdagiga qaraganda qizğin ötdi: bu birinçi navbatda «Mançester Siti» xöjayinlari Gvardiola uçun navbatdagi kart-blanş taqdim etgani bilan boğliq. Quyida yanvar oyi davomida va fevralning ilk kunlarida jahon futbolida röy bergan kutilgan va kutilmagan transferlar haqida.
Abduqodir Husanov
Amplua: himoyaçi Yoşi: 20 Qayerdan: «Lans» Qayerga: «Mançester Siti» Kelişuv turi: transfer Qiymati: 40 million yevro Şartnoma muddati: 2029 yil yozigaça
20 yoşli özbekistonlikning karerasi boşni aylantiradigan darajada tez ösdi. 2023 yilda ham u Belarus çempionatida «Energetik-BGU» klubi safida edi, 2025 yil yanvarida esa jahonning eng yaxşi klublaridan biri safiga yöl oldi. Husanovning Fransiyadagi «Lans» klubida körsatgan yorqin öyinlari «Mançester Siti»dagilar e’tiborini öziga qaratdi. Inglizlar boşqa köplab klublar bilan raqobatda ustun keldi va 40 mln yevro tölab, istiqbolli himoyaçini öziniki qildi. Barçasi juda tez röy berdi. Abduqodir APL tarixidagi ilk özbekistonlikka aylandi. Himoyaçi «Çelsi»ga qarşi debyut öyinda (3:1) hayajonlanib, golga sababçi böldi, sariq kartoçkasi tufayli ikkinçi bölimda almaştirildi. Ammo «Mançester Siti» murabbiylar ştabining undan umidlari katta. Husanov Angliya Kubogi törtinçi bosqiçi doirasida 8 fevral kuni «Leyton Oriyent»ga qarşi öyinda özini körsatişi kutilmoqda.
Omar Marmuş
Amplua: hujumçi Yoşi: 25
Mavzuga oid
Qayerdan:
«Ayntraxt»
Qayerga:
«Mançester Siti»
Kelişuv turi
: transfer
Qiymati:
75 million yevro
Şartnoma muddati:
2029 yil yozigaça
Dino Toppmeller «Ayntraxt»da forvardlarning kuçli tandemiga erişgandi — Ugo Ekitike çiziqlar orasidagi boğlamlarga javob berar, Marmuş esa himoyaçilar ortida harakatlanardi. Yakunda Salohning 25 yoşli vorisi ajoyib körsatkiçlar qayd etdi: barça turnirlar doirasida «gol+pas» böyiça 20+14 oçko. Uşbu forvardni nega aynan «Mançester Siti» olib ketgani unçalik tuşunarli emas — bu Marmuşga uslub jihatdan u qadar mos keladigan jamoa emas. Bu örinda ikki variant bor —yoki Pep Gvardiola yorqin futbolçining kelajagini barbod qiladi, yoki Marmuş yangi rolda kaşf etiladi (Holandni asosiy tarkibdan çiqarib taşlay olmasligi aniq).
Niko Gonsales
Amplua: yarimhimoyaçi Yoşi: 23 Qayerdan: «Portu» Qayerga: «Mançester Siti» Kelişuv turi: transfer Qiymati: 60 million yevro Şartnoma muddati: 2029 yil yozigaça
Bu mavsumda inqirozni boşdan keçirayotgan «şaharliklar» inqirozdan radikal yöl bilan — ulkan xarajatlar orqali çiqişga qaror qildi. «Siti» yanvar davomida Husanovdan taşqari misrlik hujumçi Umar Marmuş (75 million yevro) va braziliyalik markaziy himoyaçi Vitor Reys (37 million yevro)ni ham sotib olgandi. Fevral boşida esa mavsum boşidan buyon öynamayotgan Rodrining örnini bosiş uçun «Portu»dan 23 yoşli yarimhimoyaçi Niko Gonsales transfer qilindi. Portugaliyaliklar 40 million yevrolik dastlabki taklifni rad etişdi va 60 million yevro tölaşga töğri keldi.
Uşbu futbolçi Yevro-2000 turnirida Gvardiola bilan birga Ispaniya milliy jamoasida öynagan, «Deportivo» afsonasi Franning öğli sanaladi. Niko – «Barsa» tarbiyalanuvçisi bölib, kataloniyaliklar 2023 yil uni 8,5 million yevro evaziga «Portu»ga pullagandi. Endi esa klub bu transferdan 13 million yevro miqdorida uluş oladi. Uşbu ispaniyalik ötgan mavsumda lissabonliklar bilan ikki sovrin yutgandi, endi esa APLda yangi jamoasiga kuçli törtlikka kiriş uçun yordam berişi kerak.
«Mançester Siti» yanvarda faqat sotib oliş bilan şuğullangani yöq. Klub sönggi 10 yillikdagi asosiy futbolçilaridan biri bilan xayrlaşdi. Kayl Uoker Pep Gvardioladan özini qöyib yuborişni söragan. Joriy mavsumni uşbu himoyaçi öta muvaffaqiyatsiz ötkazayotgandi: angliyalik futbolçi klubning mağlubiyatlarida özini ayblagan bölişi ham mumkin. Ammo uning ketişi baribir kutilmaganda röy berdi. Uoker keyingi manzil sifatida «Milan»ni tanladi. Holbuki milanliklar ham bu mavsumda muammolarga uçragan. Futbolçi uçun vaziyat Mançesterdagidan yaxşiroq bölmaydi. Kayl A seriya grandi safiga mavsum oxiriga qadar ijara asosida ötgan. Kelişuvda 34 yoşli himoyaçini yozda 5 mln yevroga sotib oliş huquqi ham közda tutilgan.
Alvaro Morata
Amplua: hujumçi Yoşi: 32 Qayerdan: «Milan» Qayerga: «Galatasaroy» Kelişuv turi: ijara Qiymati: 6 million yevro Şartnoma muddati: 2025 yil yozigaça
Alvaro Morata Yevropa klublari böylab sayohatini davom ettiradi. Turli yillarda «Real» (2 marta), «Yuventus» (2), «Çelsi» va «Atletiko» klublarida öynagan hujumçi 2024 yil yozida Yevro ğolibi sifatida «Milan» tarkibiga kelib qöşilgandi. Ammo Alvaroning Italiyaga uçinçi safari öxşamadi: forvard kam gol urdi (25 öyinda oltita), jamoaning yangi boş murabbiyi Serjiu Konseysau bilan çiqişib ketolmadi, qolaversa, rafiqasi bilan munosabatlarda muammolar yuzaga keldi. Mantiqiy yeçim – ijara: Alvaroni «Galatasaroy» öz safiga qöşib oldi. Morata yana bir yilga uzaytiriş va sotib oliş huquqi bilan 2026 yil yanvariga qadar ijaraga olingan. 32 yoşli forvard endi «Milan»ga qaytişi dargumon. Endi u Istanbulda Viktor Osimhen bilan tandem hosil qiladi.
Santiyago Ximenes
Amplua: hujumçi Yoşi: 23 Qayerdan: «Feyyenoord» Qayerga: «Milan» Kelişuv turi: transfer Qiymati: 32 million yevro
Şartnoma muddati: 2029 yil yozigaça
«Feyyenoord» hujumçisi baribir özi uçun kuçliroq klub topa oldi — yangilangan YeÇLda beşta gol urgan 23 yoşli meksikalik «Milan»da. Miş-mişlarga köra, Santyagoni bunga şaxsan Zlatan Ibrahimoviç köndirgan. Bu esa köp narsani anglatadi. U yangi jamoasida Morata örnini egalladi. Undan umid katta: Niderlandiya çempionatining ikki yarim mavsumida meksikalik 73 öyinda 45 gol urgan.
Joau Feliks
Amplua: hujumçi Yoşi: 25 Qayerdan: «Çelsi» Qayerga: «Milan» Kelişuv turi: ijara Qiymati: 5,5 million yevro Şartnoma muddati: 2025 yil yozigaça
Mavsumning ikkinçi qismini Joau Feliks ham «Milan»da ötkazadi. 25 yoşli portugaliyalik Angliyadagi murakkab keçgan davrdan keyin faoliyatida buriliş yasaş uçun yangi imkonga ega böldi. Bu mavsumda «Atletiko»dan 52 million yevroga sotib olingan futbolçi «Çelsi» safida faqat ikkinçi darajali turnirlarda — Konferensiyalar ligasi, Angliya Kubogi va Liga kubogida yorqin öyin körsatdi. APLda esa Joau asosiy tarkib futbolçisi emasdi — Milandagi qayta quriş uning foydasiga xizmat qilişi mumkin. U allaqaçon yangi jamoasi safida gollar hisobini oçdi.
Jon Duran
Amplua: hujumçi Yoşi: 20 Qayerdan: «Aston Villa» Qayerga: «An-Nasr» Kelişuv turi: transfer Qiymati: 77 million yevro Şartnoma muddati: 2030 yil yozigaça
«Aston Villa»ning istiqbolli forvardi 21 yoşidayoq Saudiya Arabistoniga yöl oldi. 2023 yilda «Real» futbolçisi Toni Kroos 21 yoşli ispaniyalik Gabriel Veyga Saudiyaning «Al-Ahli»ga transfer qilingani haqidagi xabar ostiga «uyat» deb yozgandi. Faoliyatini yakunlagan nemis futbolçisi Duranning qaroriga ham şunday munosabatda bölgani tayin. «Aston Villa» esa u ketganidan xafa bölmagani aniq: klub zaxiradan tuşib ketma-ket gollar urganidan keyin Olli Uotkins örniga boşlanğiç tarkibdagi örinni talab qila boşlagan, xulqi oğir futbolçidan qutuliş bilan birga 77 mln yevro işlab oldi (yana 13 mln yevro bonuslar közda tutilgan). Duranning özi esa yiliga 20 mln yevrodan ortiq maoş bilan ta’minlanadi. Unda Yevropa top-ligalariga qaytiş uçun hali imkon böladi. Hozir esa kolumbiyalik hujumçi kelajagini ta’minlaş bilan şuğullanadi.
Kuzda Reşfordni Angliyaning boşqa jamoasida tasavvur qiliş qiyin edi. Ammo u «Mançester Yunayted»ning yangi boş murabbiyi Ruben Amorim bilan ziddiyatga bordi, şundan keyin forvard tarkibdan çiqarildi. OAVda u «Barselona» ga ijaraga berilişi haqida xabarlar çiqdi, futbolçining özi ham Ispaniyaga köçib ötişga qarşi emasdi. Ammo kataloniyaliklarda transferni amalga oşiriş uçun resurslar topilmadi. Şuningdek, «Milan» versiyasi ham yangradi. Yakunda esa bozorda Duran sotuvidan tuşgan pullar bilan «Aston Villa» paydo böldi. Qişki transferlar dariçasi yopilişi arafasida jamoalar ijara böyiça kelişuvga erişdi. Birminghemliklar futbolçiga haftasiga 225 ming funtlik maoş tölaydigan böldi, u jamoaning eng köp maoş oladigan futbolçisi böladi. Insayder Fabritsio Romano xabariga köra, kelişuvda uni mavsum oxirida 48 mln yevroga transfer qiliş huquqi ham kiritilgan.
Dedlayndagi yana bir şov-şuvli transfer ham «Aston Villa»da böldi. Birminghemliklar klubi Çempionlar ligasi umumiy guruhida sakkizinçi örinni egallab, töğridan töğri 1/8 finalga ötdi. Bir neça frontda kuraşni davom ettirayotgan Unai Emeriga hujum çiziğida rotatsiya qiliş uçun tajribali futbolçi yordami asqatadi. 29 yoşli Marko Asensio «Real» bilan uç marta YeÇL ğolibi bölgan, turnirda 67 öyin ötkazib, 12 gol urgan. «PSJ»da uning işlari yaxşi keçmadi, şunday ekan, bu kelişuv barça tomon uçun manfaatli böldi. Markus Reşford va Olli Uotkins bilan u «Villa» hujum çiziğini dahşatli körinişga keltiradi.
«Aston Villa»da markaziy himoyaçilar taqçilligi yuzaga kelgandi – Diyego Karlos ketgan, Tayron Mingz, Kortni Xos va Pau Torres jarohatda. Faqat Ezri Konsa rotatsiyasiz öynab kelayotgandi. Disasi esa Enso Mareskaga kerak bölmay qoldi – u tezlik borasida raqobatçilardan ortda, şuningdek yaratuvçilik borasida ham ular bilan bellaşa olmasdi. «Aston Villa»da fransuzga boşlanğiç tarkibdan örin kafolatlangan – uşbu jismonan baquvvat futbolçi yakkakuraşlarda yaxşi harakatlanadi.
Qişning eng köp muhokamalar markazida turgan transferida murosa yöli tanlandi. 19 yoşli fransuz forvardi Harri Keyn turganida «Bavariya»ning asosiy tarkibiga kira olişiga közi yetmadi va myunxenliklar safini tark etişga qaror qildi. Insayder Fabritsio Romano futbolçiga 2025 yil boşidayoq «Çelsi» qiziqiş bildirganini xabar qildi. Keyinroq kuraşga «Arsenal», «MYu» va «Tottenhem» qöşildi. Futbolçi uçun hammadan köp «Tottenhem» harakat qildi va fransuz uçun 60 mln yevro taklif qildi. Ammo bu klub forvardda qiziqiş uyğotmadi, u Mançester klubiga ötişga moyil edi.
Ammo dedlaynda Tel fikrini özgartirib, londonliklar klubiga ötişga rozi böldi. Londonliklar boş murabbiyi Postekoglu bilan suhbat barçasini hal qilgan. «Bavariya» va «Tottenhem» yaxşi munosabatlarga ega va ijara böyiça kelişuv tuziş qiyin bölmadi: Fabritsio Romanoga köra, londonliklar ijara davri uçun 10 mln yevro tölaydi va futbolçining maoşini töliq qoplaydi. Şuningdek, kelişuvda mavsum oxirida futbolçini 55 mln yevroga sotib oliş huquqi haqida band ham bor.
Nikolo Dzaniolo
Amplua: yarimhimoyaçi Yoşi: 25 Qayerdan: «Galatasaroy» Qayerga: «Fiorentina» Kelişuv turi: ijara Qiymati: 3,2 million yevro Şartnoma muddati: 2025 yil yozigaça
Ötgan mavsumda ijara asosida «Aston Villa»da öynagan 25 yoşli yarimhimoyaçi mavsumning birinçi qismini «Atalanta»da ötkazib, faqat 560 daqiqa davomida maydonda böldi «gol+pas» böyiça kamtarona 3+3 körsatkiçini qayd etdi. Endi «Galatasaroy» uni yana boşqa bir klubga — öz vaqtida uni tarbiyalagan «Fiorentina»ga ijaraga berdi. Agar Nikolo ma’lum talablarga javob bersa, italyanlar klubi uşbu havbekni 15,5 million yevroga transfer qiliş huquqiga ega böladi.
Xviça Kvaratsxeliya
Amplua: vinger Yoşi: 23 Qayerdan: «Napoli» Qayerga: «PSJ» Kelişuv turi: transfer Qiymati: 70 million yevro Şartnoma muddati: 2029 yil yozigaça
«PSJ» uçun muhim kelişuv. Fransuzlar jamoaning asosiy yulduziga aylanişi kerak bölgan futbolçini sotib oldi. «Napoli» Kvaratsxeliya uçun 70 mln yevro işladi, Xviça — 11 mln yevro miqdoridagi yillik maoşga hamda öz vaqtida Mbappega tegişli bölgan 7-raqamli futbolkaga ega böldi. Uşbu gurjistonlik aynan Kilianning vazifasini bajarib, gollari urişi, yorqin öyin körsatişi hamda jamoani sovrinlar sari yetaklaşi kerak böladi.
Randal Kolo Muani
Amplua: hujumçi Yoşi: 26 Qayerdan: «PSJ» Qayerga: «Yuventus» Kelişuv turi: ijara Qiymati: 3,6 million yevro Şartnoma muddati: 2025 yil yozigaça
«Yuventus» möljaliga urdi – «PSJ»da boş murabbiy uslubiga mos kelmay, zaxirada ötirib qolgan (14 öyinda asosan oxirgi daqiqalarda tuşirilgan va faqat bir gol urgan) Randal Kolo Muani 2024/2025 yillar mavsumi yakuniga qadar ijaraga olindi. Transfermarkt ma’lumotiga köra, turinliklar klubi parijliklarga yarim mavsum uçun 3,6 mln yevro tölagan. U Turinga kelişi bilan oçilib ketdi va debyutdagi ikki öyinida uçta gol urdi.
Patrik Dorgu
Amplua: himoyaçi Yoşi: 20 Qayerdan: «Leççe» Qayerga: «Mançester Yunayted» Kelişuv: transfer Qiymati: 30 million yevro Şartnoma muddati: 2025 yil yozigaça
Sönggi yillarda «Mançester Yunayted»da çap qanot muammo bölib qolmoqda. Lyuk Şou muntazam ravişda jarohat olişi tufayli uning pozitsiyasini asli öng qanot himoyaçisi bölgan Diyego Dalot yopib kelayotgandi. «Leççe»da yorqin mavsum ötkazgan Patrik Dorgu esa uni bu majburiyatdan xalos qiladi. «MYu» uşbu transfer uçun keragidan ortiq sarflamadi, yoş futbolçi APLda öynab ketolsa, «Leççe» yana 5 mln yevrolik bonuslarga ega böladi. Patrik yangi jamoasi bilan beş yarim yillik şartnoma imzoladi. Şu tariqa mankunianliklar boş murabbiyi Ruben Amorim öz jamoasini qurişni boşladi.