Parij prokuraturasi ehtimoliy «algoritmik xatoliklar» sabab X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğiga nisbatan tergov boşladi, deb xabar beradi France Info telekanali.
Telekanal ma’lumotlariga köra, X tarmoğiga nisbatan tergovlar «Respublika uçun birga» markazçi koalitsiyasi deputati Erik Botorelning arizasidan keyin boşlangan.
Botorel 12 yanvarda Parij kiberprokuraturasiga amerikalik milliarder Ilon Maskka tegişli ijtimoiy tarmoq algotirmlari töğri işlamasligiga oid şikoyatni kiritgan. Uşbu algoritmlar, «ma’lumotlarni qayta işlaş tizimining avtomatlaştirilgan işida xatolik keltirib çiqargan bölişi mumkin», deyiladi tergov bilan şuğullanayotgan Parij prokuraturasi bayonotida.
«Sudyalar va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölinmasining mutaxassislari uni tahlil qilib, dastlabki texnik tekşiruvlarni ötkazmoqda», — deya ta’kidlanadi xabarda.
Raqamli xizmatlar töğrisidagi akt doirasida 2023 yil dekabrdan beri X platformasiga nisbatan bir qança tergovlar Yevropa Ittifoqi darajasida davom etmoqda. OAV ma’lumotlariga köra, yanvar oyida Yevrokomissiya X ga nisbatan dastlabki tergovini yakunlagan va tez orada köp millionlik jarimasini belgilaydi.
Şu bilan birga, Germaniya sudi Ilon Maskning platformasi saylovlar natijasiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan axborotni kuzatiş imkonini beradigan ma’lumotlarni taqdim etişi kerakligi böyiça qaror çiqargan.








