Falastinning HAMAS guruhi garovga olingan uç nafar isroillikni Qizil Xoç taşkiloti xodimlariga topşirdi. Ozod qilinganlar: 53 yoşli Eli Şarabi, 56 yoşli Ohad Ben-Ami va 34 yoşli Or Levi.

Qizil Xoçga topşirilişidan oldin HAMAS garovga olinganlar taşviqot nutqlarini öqişga majburlangan ommaviy marosim ötkazdi. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi «bugun körilgan dahşatli tasvirlarni javobsiz qoldirmaslikni» aytdi.

Ozod qilingan garovdagilar evaziga Isroil bir kun içida 183 nafar falastinlik mahbusni qöyib yuboradi, ulardan 18 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ozod qilingan mahkumlarning 7 nafari ozod etilganidan söng darhol deportatsiya qilinadi.

Bu 19 yanvardan kuçga kirgan sulh bitimidan keyin beşinçi almaşinuv böldi.

Avvalgi törtta almaşinuvda HAMAS garovdagi 18 nafar isroillikni, jumladan, beş nafar Tailand fuqarosini ozod qildi. Isroil 400 mahbusni, jumladan, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni va uzoq muddat sudsiz uşlab turilganlarni qöyib yubordi.