Şimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi NATO va Yevropa Ittifoqi tanqid qilingan bayonotni e’lon qildi. Unda aytilişiça, KXDR yadroviy quroli heç qaçon «savdo vositasi» bölmaydi va u jangovar qöllaş uçun möljallangan.

«Bizning yadroviy qurolimiz bu — kimdir tan olişiga erişiş uçun möljallangan «reklama» va bir neça çaqaga almaştiriş mumkin bölgan «savdo vositasi» emas. Mamlakatimizning yadroviy kuçi doimiy jangovar qöllaş uçun möljallangan», — deyiladi bayonotda.

Şuningdek, bayonotda Koreya yarimorolida AQŞ iştirokida ötkazilgan harbiy öquvlar ham yodga olingan. Bundan taşqari, Şimoliy Koreya Ğarb davlatlarini Yaqin Şarq va Ukrainadagi mojarolarda ayblagan. «Barça faktlar özlarini «tinçlik havoriylari» deb ataydigan NATO va YeI safsata sotişi va dunyodagi «xavfsizlikka» heç qanday aloqasi yöqligini körsatmoqda», — deya ta’kidlanadi unda.

Eslatib ötamiz, yanvar oxirlarida Kim Çen In KXDR yadroviy qalqonini mustahkamlaşni buyurgandi. Uning aytişiça, yadroviy materiallar işlab çiqariş rejasini yanada oşiriş va «mamlakatning yadroviy qalqonini mustahkamlaşda novatorlik natijalariga erişiş» kerak.