«Özbekiston — 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asraş va «yaşil iqtisodiyot» yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisidagi prezident farmoni qabul qilindi. Unga köra, 2025 yilda aholining salomatligini yaxşilaş, ekologik turmuş tarzini şakllantiriş va inson salohiyatini röyobga çiqariş uçun şart-şaroitlarni yaratiş borasida bir qança rejalar belgilandi.
Xususan «Ekofaol fuqaro» hayot tarzini keng tarğib qilişga qaratilgan «Bir million yaşil oila» umummilliy harakati yölga qöyiladi. Buning asosiy tamoyillari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- aholi orasida soğlom turmuş tarzi, xususan, tibbiy madaniyatni oşiriş, soğlom ovqatlaniş, kunlik yuriş va yugurişni tarğib qiliş;
- «yaşil transportda», şu jumladan, velosipedda harakatlanişni rağbatlantiriş;
- plastik mahsulotlardan foydalanişni kamaytiriş;
- oziq-ovqat isrofgarçiligining oldini oliş;
- suv, gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalaniş;
- çiqindilarni turlariga qarab saralaşni yölga qöyiş
Şu maqsadda 2025 yil 1 iyunga qadar Ekologiya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi tegişli platformani işga tuşirişi kerak. Unda:
- ekologik tamoyillarni özining kundalik hayotiga joriy etişda yuqori körsatkiçlarga erişganlarga «Ekofaol fuqaro» maqomini beriş;
- ular uçun davlat xizmatlaridan foydalanişda 10 foiz çegirma va davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan banklarda iste’mol kreditini olişda çegirma taqdim etiş;
- oilaning barça voyaga yetgan a’zolari «Ekofaol fuqaro» maqomini olganda, uşbu oilaga «yaşil oila» maqomini beriş;
- uşbu oilaga har yili oçiq tanlov orqali 14 ta elektromobil beriş;
- aholisining yarmi «yaşil oila» maqomini olgan mahallalarda «Eng toza mahalla» va «Eng yaşil mahalla» tanlovlarini ötkaziş;
- ğolib bölgan mahallalar jamğarmasiga mahalla aholisining takliflarini örgangan holda mahallaning içki infratuzilmasini yaxşilaş tadbirlarini moliyalaştiriş: yöllarni ta’mirlaş, energotejamkor yoritiş uskunalarini örnatiş, bolalar maydonçasini quriş, «yaşil boğ» yaratiş va örindiqlar örnatiş, çiqindi yiğiş maydonçalarini quriş, çiqindi qutilari va konteynerlarini örnatişga 500 million söm ajratiş.
Şuningdek, 2025 yil 1 martga qadar töğri ovqatlaniş, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişning inson salomatligiga foydasini tarğib qilişni kuçaytiriş dasturi işlab çiqiladi. 2025 yil 1 avgustga qadar esa oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xavf-xatarlarni aniqlaş, baholaş, boşqariş va monitoring qiliş maqsadida idoralararo yaxlit Milliy axborot platformasi işga tuşirilişi lozim.








