Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga telefon suhbatlarini maxfiy eşitiş işi böyiça sudlanganidan keyin elektron braslet taqildi. Le Monde yozganidek, bu sobiq davlat rahbari uçun misli körilmagan çora.

Sarkozi endi faqat soat 8:00 dan 20:00 gaça, duşanba, çorşanba va payşanba kunlari esa soat 21:30 gaça uydan çiqişi mumkin. Şu kunlari u Liviya tomonidan öz prezidentlik kampaniyasini moliyalaştiriş böyiça oçilgan iş yuzasidan sudda qatnaşişi lozim.

Qayd etilişiça, Nikolya Sarkozining 2024 yilning 18 dekabrida «maxfiy eşitiş» deb atalgan iş böyiça Fransiya Oliy sudiga bergan apellyatsiyasi rad etilib, unga nisbatan 1 yillik qamoq jazosi va uni elektron monitoring bilan almaştiriş haqidagi hukm özgarişsiz qoldirildi.

Sarkozi «hukmning mohiyatiga e’tiroz bildirişda davom etmoqda», dedi uning advokati Jaklin Laffon va «oy oxirigaça» işni Inson huquqlari böyiça Yevropa sudigaça olib borişini qöşimça qildi. Biroq, bu hukmning ijrosiga tösqinlik qilmaydi.

Sobiq davlat rahbari ayni damda 2007 yilgi saylov kampaniyasini Liviya tomonidan noqonuniy moliyalaştirilganlikda gumon qilinib, 10 aprelgaça davom etadigan sud jarayonida qatnaşmoqda.

Ta’kidlanişiça, Sarkozi 70 yoşdan oşgan şaxslar uçun qonunda nazarda tutilgan muayyan şartlarni bajarsa, brasletni olib taşlaş uçun ariza berişi mumkin.