Amerikaning Beylor universiteti olimlari inson ijtimoiy tarmoqlarda qança köp vaqt ötkazsa, özini şunça yolğiz his qilişini aniqladi. Ularning tadqiqot natijalari PSPB ilmiy jurnalida çop etildi.
Qayd etilişiça, olimlar jamoasi raqamli odatlar farovonlikka qanday ta’sir körsatişini aniqlaş maqsadida Niderlandiyaning 7 mingga yaqin aholisini töqqiz yil davomidagi ma’lumotlarini tahlil qilib çiqqan.
Natijalarning körsatişiça, ijtimoiy tarmoqlardan ham passiv (lentani şunçaki tomoşa qiliş), ham aktiv foydalaniş (muloqotlar uyuştiriş va postlar joylab boriş) yolğizlik hissi kuçayişi bilan boğliq.
Mutaxassislarning taxminiça, onlayn munosabatlar ijtimoiy ehtiyojni qondiriş uçun zarur böladigan jonli muloqotlar örnini bosa olmaydi.
«Ijtimoiy tarmoqlar onlayn jamiyatlar bilan tanişiş imkoniyatini taqdim etadi, ammo ulardan foydalaniş yolğizlikni kamaytirmaydi, balki uni kuçaytirişi mumkin», — deydi tadqiqot muallifi professor Jyeyms Robers.
Olimlar, şuningdek, ikki tomonlama aloqani aniqladi: yolğiz insonlar köpinça ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qiladi, ammo bu ularning ahvolini yanada oğirlaştiradi.
Tadqiqotda ruhiy salomatlik uçun jonli muloqotning ahamiyati va raqamli dunyoga boğliqlikni örganiş davom ettirilişi kerakligi qayd etilgan. Uşbu ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlardan töğri foydalaniş böyiça tavsiyalar işlab çiqarişda yordam berişi mumkin.








