Japan Digital University O‘zbekistonda ta’lim berib, o‘z bitiruvchilarini Yaponiyada ish bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan innovatsion ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet talabalari nafaqat yapon tilini mukammal o‘rganish, balki IT sohasida zaruriy bilimlar va ko‘nikmalarni ham egallashadi.

O‘qish jarayonida talabalar Yaponiyada ishlashga tayyor bo‘lish uchun IT sohasida chuqur bilimlar olishadi. Shu bilan birga, universitet 3 ta asosiy imkoniyatni taqdim etadi:

  • Yaponiyada ish bilan ta’minot
  • O‘quv jarayonida yapon kompaniyalari bilan real loyihalarda qatnashish
  • 3 ta diplomga ega bo‘lish imkoniyati: Japan Digital University diplomi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti "Kompyuter lingvistikasi" yo‘nalishi diplomi va Yaponiyadagi hamkor universitetlardan birining diplomi.

Bundan tashqari, o‘qish davomida o‘zlashtirishni yuqori darajada ko‘rsatayotgan talabalar Yaponiyada real amaliyotda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Hatori Takashi o‘zbek talabalari uchun Yaponiyadagi imkoniyatlar haqida gapirdi:

“Bugungi festival Yaponiyada o‘qishni niyat qilganlar uchun ma’lumotlar almashinuvi vazifasini bajardi. Bu festival O‘zbekiston va Yaponiya aloqalarini rivojlantirish uchun juda ahamiyatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Mingga yaqin kishi tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganligi, bu darajada ko‘p odam qiziqish bildirganligi uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.

JDU nomli tashkil etilganiga 4 yildan oshgan universitet tomonidan qilib kelingan tizim sababli shunday natijaga erishildi. Juda yaxshi tadbir bo‘ldi. Tadbirda ko‘plab yoshlar yapon madaniyati va yapon milliy o‘yinlaridan bahramand bo‘lib yurganliklarini ko‘rdim. Elchi sifatida hammasidan ham ko‘ra ko‘plab o‘zbek yoshlarining Yaponiya va yapon tiliga bo‘lgan qiziqishi borligidan juda mamnunman. Hozir Yaponiyada asta-sekinlik bilan qariyalarning soni ortib , yoshlar kamayib ketmoqda. Buning natijasida, ishchi kuchiga talab oshib bormoqda. Bugun o‘qitilayotgan talabalar albatta Yaponiyaga o‘qishga yoki ishlashga borishlari mumkin. Yaponiyada turli xil imkoniyatlar bor. O‘zbekistonlik yoshlar Yaponiyaga kelib dunyoning boshqa hududlariga ham bora olishlari mumkin. Japan Digital University Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi muhim ko‘prik vazifasini o‘taydi.