Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti haqidagi ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor etdi. Uning ta’kidlaşiça, Moskva va Vaşington örtasidagi aloqa turli kanallar orqali amalga oşiriladi, şuning uçun şaxsan u «ba’zi narsadan bexabar bölişi mumkin».
«Vaşington ma’muriyati öz işini yölga qöyar ekan, juda köp turli kommunikatsiyalar mavjud va bu aloqalar turli kanallar orqali olib boriladi va, albatta, bu kommunikatsiyalarning köpligi fonida şaxsan men nimanidir bilmasligim, nimadandir bexabar bölişim mumkin. Şuning uçun, bu holatda men buni na tasdiqlay, na inkor eta olaman», dedi Dmitriy Peskov.
Donald Tramp sözlariga köra, Vladimir Putin bilan telefon suhbati Ukrainadagi uruşni tugatiş bilan boğliq. U Rossiya prezidenti jang maydonida askarlarning ölimiga «haqiqatan ham befarq emasligi», «u odamlar qurbon bölişini töxtatişni xohlaşini» ta’kidladi.








