Namangan viloyati Uyçi tumanida mast holda maşina boşqarib, uç kişining ölimiga sabab bölgan yigitga sud hukmi öqilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 19 yoşli yigit 2024 yil 29 oktyabr kuni döstlari bilan tungi klubda mast qiluvçi içimliklar iste’mol qilgan. Söng öziga tegişli bölmagan maşinani Uçqörğon-Namangan yölida boşqarib, “Kobalt” maşinasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda “Kobalt”da bölgan uç kişi vafot etgan. Dastlabki suriştiruvda yigit haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagani va maşinani tezlik soatiga 60 km bölgan joyda 100 km tezlikda boşqargani aniqlangan.

“Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, jinoyat işlari böyiça Uyçi tuman sudida ötkazilgan sud majlisida yigitga nisbatan töplangan hujjatlar körib çiqilgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buzib odamlar ölimiga sabab böliş) bilan aybdor deb topgan. Unga 6 yil qamoq jazosi belgilangan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan şaxslarga 10 yilgaça qamoq jazosi beriş belgilangan.