Rossiya hududida noqonuniy ravişda bölgan Özbekiston fuqarolari ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini oliş uçun huquqiy holatini zudlik bilan hal etiş çoralarini körişi kerak. Bu haqda Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi ogohlantirdi.

Qayd qilinişiça, Rossiya prezidenti farmoniga köra, 5 fevraldan boşlab Rossiya Içki işlar vazirligi tomonidan yuritiladigan «nazorat qilinadigan şaxslar reyestri» işga tuşirildi.

Uşbu reyestrga migratsiya qonunçiligi sohasida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan çet el fuqarolari kiritiladi. Mazkur reyestrga kiritilgan çet el fuqarolari Rossiyadan çiqib ketişi yoki 30 aprelgaça bölgan davrda huquqiy maqomini qonuniylaştirişi kerak. Buning uçun özi istiqomat qilib turgan joydagi Rossiya Içki işlar vazirligining hududiy organiga yoki «PVS» (Pasportno-vizovyy servis) filialiga murojaat qiliş şart. Şuningdek, Moskva şahridagi çet elliklar uçun «Saxarovo» köp funksiyali migratsiya markaziga murojaat qiliş talab etiladi.

Ta’kidlanişiça, «Amnistiya» davrida (30 aprelgaça) farmonga binoan, çet el fuqarolariga nisbatan Rossiya hududidan çiqarib yuboriş, maxsus saqlaş muassasalarga joylaştiriş va keyinçalik Rossiya hududiga kirişni çeklaş bilan boğliq çoralar qöllanmaydi.

Şu bilan birga, nazorat qilinadigan şaxslar reyestriga kiritilgan çet el fuqarolariga quyidagilar taqiqlanadi:

- Köçmas mulk va transport vositalarini sotib oliş va röyxatdan ötkaziş;

- Nikoh tuziş;

- Yuridik taşkilot yoki firmalarni taşkil etiş va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötiş;

- Bank hisob raqamlarini oçiş va bank operatsiyalarini bajariş;

- Transport vositalarini boşqariş.

Rossiya hududida noqonuniy yurgan çet elliklarning voyaga yetmagan bolalarini ta’lim muassasalari (maktablar va bolalar boğçalari)ga qabul qiliş ham mumkin bölmaydi.