Leningrad viloyatidagi Ust-Luga portida 130 ming tonna mazut yuklangan Koala nomli tanker çöka boşladi. Bu haqda Baza xabar berdi.
«9 fevralga ötar keçasi Koala tankeri (Antigua va Barbuda bayroği ostida suzadi) Ust-Lugadagi dengiz portida edi. Tanker bortida 24 kişidan iborat ekipaj bölgan», deyiladi xabarda.
Manbalarga köra, hodisaga kemadagi portlaş sabab bölgan. 9 fevralga ötar keçasi kemaga mazut ortilgan va u jönab ketişga tayyorlanayotgan edi. Taxminlarga köra, portlaş şundan keyin sodir bölgan. Ekipaj tez orada qirğoqqa çiqib olgan, ammo tankerga suv kirib, çöka boşlagan.

Ma’lumki, tanker ekipaji 24 kişidan iborat bölib, ular Rossiya,Gurjiston va Indoneziya fuqarolari.
Port Sankt-Peterburg şahridan 165 km uzoqlikda joylaşgan. Hozirça tankerdan mazut oqib çiqqani haqida ma’lumotlar yöq.








