Saudiya Arabistoni hukumati falastinliklarning öz yerlaridan köçirilişi haqidagi bayonotlarni qabul qilib bölmas deb hisoblaydi. Bu haqda Al-Jazeera naşriga tayanib Interfax xabar berdi.

«Qirollik rasmiylari Falastin xalqi öz yerlariga bölgan huquqqa ega ekanligini tasdiqlaydi, ular zolim isroillik işğolçilar xohlagan vaqtda çiqarib yuborilişi mumkin bölgan bosqinçi yoki muhojir emas», deb Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi (TIV) bayonotidan iqtibos keltirdi telekanal.

Avvalroq Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Saudiya Arabistoni öz hududida Falastin davlatini yaratişga qodir ekanini aytgan edi.

Öz navbatida, Saudiya Arabistoni TIV bunday bayonotlar «e’tiborni isroillik bosqinçilarning Ğazo sektoridagi falastinlik birodarlariga qarşi sodir etayotgan uzluksiz jinoyatlaridan çalğitişga qaratilganini» ta’kidladi.

Bundan taşqari, Iordaniya Taşqi işlar vazirligi Netanyahu sözlarini qoralab, ularni xalqaro huquqning buzilişi deb atadi va Saudiya Arabistonini qat’iy qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp janglar tugagaç, Vaşington Ğazo sektorini nazoratga olişi kerakligini aytdi. Avvalroq u ğazoliklarni Misr va Iordaniya yoki boşqa arab mamlakatlariga köçiriş kerakligini aytgan edi.