Toşkent viloyatida joylaşgan “Farhod” çegara bojxona posti orqali 2 mln rubldan oşiq pullarni yaşirib olib çiqayotganlar foş etilgan. Bu haqda viloyat Bojxona boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, qöşni davlatga çiqib ketayotgan ikki nafar yölovçi bojxona nazoratidan ötayotgan vaqtida öz hatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan.
Şundan söng şubhali harakatlar qilgan yölovçilar belgilangan tartibda şaxsiy körikdan ötkazilgan. Körik davomida fuqaroning çöntagida oğzaki sörovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 1 mln 460 ming, ikkinçi yölovçida 730 ming Rossiya rubli borligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, hozirda uşbu holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.








