Trampning ötmişdagi kumiri. Uilyam Mak-Kinli haqida nimalar ma’lum?
|19:52 / 09.02.202520 97612 min
U savdo bojlari joriy etgan va mustamlakalar uçun «ajoyib kiçik uruş» olib borgan.
Universal History Archive / Universal Images Group / Getty ImagesUniversal History Archive / Universal Images Group / Getty Images
Oq uydagi ikkinçi muddatida Donald Tramp özi uçun namuna sifatida Amerikaning XIX asr oxiridagi prezidenti Uilyam Mak-Kinlini tanladi. Britaniyaning The Telegraph gazetasi jurnalisti Roland Olifantning yozişiça, ilgari Mak-Kinli birinçi navbatda öz ölimi bilan tanilgandi (u AQŞning lavozimda ekanida öldirilgan tört prezidentidan biri bölgan), ammo Tramp uni Amerikaning «eng qadrlanmagan» yetakçisi deb atadi hamda Şimoliy Amerikaning 10 yil oldin qayta nomlangan eng yuqori çöqqisiga uning nomini qaytardi. «Meduza» Mak-Kinli qanday siyosat olib borgani va bu Trampning siyosati bilan qanday kesişişi haqida hikoya qildi.
Tramp Mak-Kinlini köp bor tilga oldi. Hatto inauguratsiya nutqida ham
Donald Tramp 2024 yil iyulida Bloomberg uçun intervyusida şunday degandi: «Uilyam Mak-Kinli mamlakatimizni boy qilgan. U eng kam qadrlangan prezident bölgan. Mak-Kinli pul işlagan va u [bojxona] tariflarining haqiqiy qiroli edi».
Centyabr oyida esa Miçiganda bölib ötgan saylovoldi mitingida şunday dedi: «Bilasizmi, 1890-yillarda mamlakatimiz, ehtimol, har qaçongidan ham boyroq edi, çunki bojlar tizimi mavjud edi. Bizda prezident ham bölgan — siz Mak-Kinlini bilasiz, şundaymi? Mak-Kinli toğini eslaysizmi? Keyin ular [uning] nomini özgartirdi».
Bu esa — Trampning 20 yanvar kungi inauguratsiya marosimidagi nutqidan: «Prezident Mak-Kinli mamlakatimizni tariflar va iste’dodi (u tuğma tadbirkor edi) evaziga juda boy qildi va Teddi Ruzveltga uning köplab buyuk işlari, jumladan, keyinçalik ahmoqlik bilan Panamaga berib yuborilgan Panama kanalini quriş uçun pul qoldirdi».
Teodor Ruzvelt 1901 yildan 1909 yilga qadar AQŞ prezidenti lavozimini egallagan. Uning davrida AQŞ bölajak Panama kanali hududi uçun huquqni qölga kiritgan va uning qurilişini boşlagan. 1979 yilda Amerika prezidenti Jimmi Karter kanal uçun huquqni Panamaga qaytargan.
Bu Trampning inauguratsiyadan keyingi ilk farmonlaridan biri: «1917 yilda mamlakatimiz prezident Mak-Kinli xotirasiga rasman hurmat bajo keltirib, Şimoliy Amerikaning eng baland çöqqisini uning nomi bilan atadi. Biroq, prezident Obama ma’muriyati 2015 yilda [toğning nomini özgartirdi]. Içki işlar vaziri 30 kun içida «Mak-Kinli toği» nomini tiklaşi kerak».
Mavzuga oid
Uilyam Mak-Kinli 1896 yilda
Library of Congress / Corbis / VCG / Getty Images
Şimoliy Amerikaning Alyaskada joylaşgan eng baland toği (6 ming metrdan ortiq). 1917 yilda AQŞ hukumati rasman «Mak-Kinli toği» nomini tasdiqlaydi. 2015 yilda prezident Barak Obama bu nomni Alyaskaning tub aholisi atabaskilar ataganidek Denali deb nomlaydi.
U AQŞning 25-prezidenti bölib, mamlakatni 1897-1901 yillarda boşqargan. Ikkinçi muddatga saylanişidan köp ötmay uni anarxist Leon Çolgoş otib öldirgan.
Mak-Kinli «Amerikaning buyuk prezidentlari» kogortasiga mansub emas. Tarixçilarning sörovlarida u odatda 40 dan ortiq siyosatçi orasida 20-örindan yuqoriga qöyilmaydi. Prezident kutubxonasi saytida uning boşqaruvi uzoq vaqt davomida «örtaça» deb hisoblab kelingan. Ammo AQŞda sönggi 10 yil içida 25-prezident töğrisida bir neça kitob çiqarildi. Ulardan birini respublikaçilarning taniqli siyosiy maslahatçisi Karl Rouv yozgan — Bloomberg kolumnisti Jastin Foks uni Mak-Kinlining «asosiy promouteri» deb atagan.
AQŞning 25-prezidentini çindan ham örtamiyona deb bölmaydi, aksinça, uni yanada taniqli 26-prezident — Teodor Ruzvelt soyada qoldirgan. Mak-Kinli Amerikadagi fuqarolar uruşini boşdan keçirgan beşta yetakçidan oxirgisi edi. U AQŞni rasman oltin standartiga (Mak-Kinli davrida qabul qilingan qonunga köra, Amerikaning butun valutasi töliğiça oltin bilan ta’minlangan bölib, uning bir unsiyasi 20,67 dollar etib belgilangan) ötkazdi va Panama orqali kemalar qatnaydigan kanal quriş ğoyasini qöllab-quvvatladi. Ammo Tramp (endi Mak-Kinlining «boş promouteri» u) uni birinçi navbatda proteksionizm va imperializmi uçun uluğlaydi.
Mak-Kinli «proteksionizm monomaniyasi» yozuvi tuşirilgan plaşçda aks etgan karikutura. U bojlar kiritiş rejasini yozmoqda
Universal History Archive / Universal Images Group / Getty Images
Prezidentlikka saylanişidan oldin Mak-Kinli kongressmen bölgan va import tovarlariga bojlarni oşiriş uçun şunçalik faol kuraşganki, 1890 yilda qabul qilingan va import yiğimlarini 38 foizdan 49,5 foizga oşirgan qonun uning şarafiga nomlangan. Tanqidçilar bu yirik biznes uçun foydali, qolganlar uçun esa faqat narxlarni oşirganini aytişadi. Kötarilgan norozilik fonida respublikaçilar Kongressdagi köpçilik örinni, ikki yildan söng esa prezidentlik lavozimini ham demokratlarga böşatib beradi.
Biroq bu Mak-Kinlining karerasiga ziğirça ham zarar yetkazmadi. 1891 yilda u özi tuğilib ösgan Ohayo ştati gubernatori, 1897 yilda esa AQŞ prezidenti böladi. U ilgari demokratlar pasaytirgan import bojlarini yana oşiradi, ammo prezidentlik muddati oxiriga kelib (içki bozor haddan taşqari töyingani sababli) mamlakatlar örtasidagi özaro tariflarni pasaytirişni qöllab-quvvatlay boşlaydi. 1901 yilda, ölimidan oldingi sönggi nutqida Mak-Kinli şunday degandi: «Biz sotişimiz mumkin bölgan hamma joyda sotişimiz va xarid bizning savdomiz va işlab çiqarişimizni oşiradigan hamma joyda sotib olişimiz kerak». Va «savdo uruşlari foyda keltirmasligi»ni qöşimça qiladi.
Ammo gap Mak-Kinlining bojlardan hafsalasi pir bölganida emas, balki ular öz davrida iqtisodiyotga katta ta’sir körsatmaganida. Amerika import bojlari butun XIX asr davomida yuqori bölib, asr boşida asr oxiriga qaraganda ança yuqori edi. 1890-yillar davomida respublikaçilar goh kötargan, goh demokratlar pasaytirgan bojlar taxminan bir xil darajada özgarib turadi. Ular yalpi içki mahsulotning 1 foizini taşkil etadi va davlat xarajatlarini moliyalaştirişga yordam beradi, ammo AQŞ farovonligining asosi emasdi. Iqtisodiyotga temiryöllar va portlarning keng kölamli qurilişi, şuningdek, ommaviy immigratsiya asosiy turtkini bergandi.
Yuqori boj siyosatiga qaytiş hozir ham jiddiy ta’sir körsatişi dargumon. Fuqarolar uruşigaça bojlar Amerika hukumatining deyarli barça daromadlarini taşkil etgan, ammo Birinçi jahon uruşi davrida ularning uluşi asosiy bölmay qoladi, Ikkinçi jahon uruşi davrida esa arzimas miqdorga aylanib qoladi. Bu ham erkin savdoga bosqiçma-bosqiç ötiş, ham AQŞ hukumati xarajatlari ösişi bilan boğliq edi. Hozir ular yalpi içki mahsulotda Mak-Kinli prezidentligi davridagiga qaraganda ön baravar köproq uluşga ega va hatto boj tölovlari daromadining ikki, uç yoki tört baravar oşişi ham vaziyatni özgartirmaydi, deb tuşuntiradi Bloomberg kolumnisti Jastin Foks.
Uilyam Mak-Kinli Nyu York ştati Buffalo şahridagi körgazma çoğida öldirilişi aks etgan surat
MPI / Getty Images
Mak-Kinli hududlarni qanday qilib egallagan?
Şimoliy Amerikadagi eng baland toğga Mak-Kinli nomini qaytarar ekan, Tramp AQŞning 25-prezidenti davrida «tezkor iqtisodiy ösiş va farovonlikka erişilgani, bu hududlar kengayişi hisobiga ham bölgani»ni ta’kidladi. The New York naşri aniqlik kiritişiça, AQŞ oxirgi bor Mak-Kinli boşqaruvi davrida «katta hududlarni egallab olgan».
Gap 110 kun davom etgan ispan-amerika uruşi natijasida AQŞning mustamlakasiga aylangan Filippin, Guam va Puerto-Riko haqida ketmoqda. Sulh şartlariga köra, Ispaniya Kuba ustidan nazoratdan ham voz keçadi. Bundan taşqari, AQŞ şu paytgaça rasman mustaqil bölib kelgan Havayi orollarini anneksiya qiliş uçun Ispaniya bilan mojarodan bahona sifatida foydalangan. Anneksiya tarafdorlari Havayi Amerika iqtisodiyoti uçun juda muhimligi va agar u AQŞ tomonidan egallab olinmasa, boşqa davlatlar tomonidan egallab olinişini ta’kidlaşadi.
Mak-Kinli tuğilib ösgan şaharda faoliyat yurituvçi memorial kutubxona saytida «bu yerlar qöşib olinişi bilan AQŞ derjavaga aylangani» aytilgan. Bölajak davlat kotibi va Panama kanali hududini AQŞga ötkaziş taşabbuskori Jon Hey Ispaniya bilan mojaroni «ajoyib kiçik uruş» deb atagandi. Şu bilan birga, AQŞ bu uruşda 2 ming askarini yöqotgandi — Filippin bilan uruşda yana 4 mingga yaqin askar qurbon böladi.
Mak-Kinlining Amerik-Ispaniya uruşi davridagi karikaturasi
Photo12 / Universal Images Group / Getty Images
Filippin 40 yilça vaqt davomida AQŞ nazorati ostida qoladi: 1941 yilda orollarni Yaponiya işğol etadi va 1946 yilda ular mustaqillikka erişadi. Amerikaliklar Kubani 1959 yilgaça, Fidel Kastro amerikaliklar tomonidan qöllab-quvvatlangan diktator Fulxensio Batistani hokimiyatdan ağdarmagunça — va The Washington Post kolumnisti Maks Butning ta’biri bilan aytganda, Kubani AQŞning «biqinidagi zirapça»ga aylantirmaguniça nazorat qilişadi. Ammo AQŞ Havayi, şuningdek, Puerto-Riko va Guam ustidan nazorati hali ham saqlab qolmoqda.
Bularning bari Tramp siyosati bilan qanday mos keladi?
Tramp Mak-Kinlining proteksionizmi va imperializmini e’tirof etadi, çunki bu uning siyosiy maqsadlariga mos keladi. U bojxona tölovlarini öz iqtisodiy kun tartibining markaziy nuqtasiga aylantirib, Meksika va Kanadadan import uçun 25 foiz, Xitoy tovarlari uçun 60 foizgaça, qolgan barça tovarlar uçun 20 foizgaça yiğim joriy etişga va’da bergandi. «Agar bojlardan qutulmoqçi bölsangiz, [zavodlarni] şu yerda, Amerikada quring», — degandi Tramp. Şu bilan birga, jurnalistlar va ekspertlar bojlarni öz mahsulotlarini AQŞga sotadigan mamlakatlar emas, balki öz xarajatlarini amerikalik iste’molçilarga yuklaşi tayin bölgan Amerika importçi kompaniyalari tölaşidan ogohlantirmoqda.
Trampning kun tartibidagi yana bir muhim punkt — AQŞga «ösib borayotgan millat» maqomini qaytariş va’dasi. U amerikaliklar Grenlandiya va Panama kanalini nazorat qilişi kerakligini ta’kidlaydi — va buning uçun kuç işlatişni istisno qilmaydi, garçi uning tahdidlari manzillari Daniya va Panama AQŞning harbiy va savdo hamkorlari bölsa ham. Tramp bu tahdidlarni amalga oşirişga tayyormi yoki yöqligini aytiş qiyin, ammo har qanday holatda ham «uning Amerika uçun davolaş retsepti uning jismoniy mavjudligini kengaytirişni öz içiga oladi», deb yozadi The New York Times’ning Oq uydagi muxbiri Devid Sanger. Va qöşimça qiladi: «Tabiiyki, bu şunday işni amalga oşirgan oxirgi prezidentni qahramonga aylantiradi».
Tramp özini Mak-Kinliga qiyoslab, Amerikaning «oltin davri»ni qaytarişga va’da bermoqda. Ba’zilar ular örtasida boşqa öxşaşlik ham topadi. Tramp ikkinçi muddatga saylanişiga Ilon Mask yordam berdi. Mak-Kinlida esa ohayolik badavlat tadbirkor Mark Hanna bor edi, u siyosatçini bankrotlikdan olib çiqqan va saylovoldi kampaniyasi uçun mablağ töplagan. Hanna «Siyosatda ikki narsa muhim. Birinçisi — pul. Ikkinçisi qaysiligi esa yodimda yöq» iborasi bilan maşhur.