3,5 ming kambag‘al oila farzandlari OTMga grant asosida qabul qilinadi
O‘zbekistonda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.

Foto: Tengrinews.kz
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoniga ko‘ra, inson salohiyatini yuksaltirish, ta’lim uchun qulay muhit yaratish ishlarini tashkil etish maqsadida 2025-2026 o‘quv yilidan yana bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilanadi. Ushbu universitetda “sirkulyar iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va o‘quv dasturlari kiritiladi. Oliy ta’limda grant o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi ta’lim dasturlari asosida ta’lim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib boriladi.
Respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktabi faoliyati tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
-
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 14:40
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

10:57 / 29.01.2025