Internetga qaramlik kundalik hayot, ijtimoiy munosabatlar va ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir körsatadi. Bu ijtimoiy tarmoqlarga, video öyinlarga, onlayn xaridlarga yoki uzluksiz kontent tomoşa qilişga qaramlik şaklida namoyon bölişi mumkin. Boşqa odatlarga qaramlik singari internetga qaramlik ham insonda zavqlaniş hissini beruvçi dofamin hosil bölişi bilan keçadi, şu sababdan uni nazoratga oliş juda muşkul.

Xitoyning Guansi universiteti doktori Yan Yan rahbarligidagi olimlar guruhi öz tadqiqotida talabalar orasida internet qaramligiga qarşi kuraşiş usuli sifatida jismoniy maşqlarning samaradorligini baholadi.

Mutaxassislar internetga qaramlik taşxisi qöyilgan 760 nafar talaba iştirokidagi 14 ta ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qildi. Barça tajribalar Xitoyda ötkazilgan.

Uşbu tadqiqotlar doirasidagi jismoniy faollik uç xil harakat könikmasini öz içiga olgan: oçiq harakat könikmalarini rivojlantiruvçi maşqlar, yopiq harakat könikmalarini şakllantiruvçi maşqlar va ularning kombinatsiyasi. Oçiq harakat könikmalari özgaruvçan muhitda jismoniy faollikni talab qiladi va unda taşqi ta’sirlarga javob beriş kerak böladi. Basketbol yoki futbol kabi jamoaviy sport turlari bunga misol. Yopiq harakat könikmalari esa, aksinça, barqaror muhitda takrorlanadigan harakatlarni nazarda tutadi — yuguriş, suziş yoki muşak maşqlarini bajariş kabi.

Dasturlar davomiyligi tört haftadan ön sakkiz haftagaça bölib, haftasiga ikki martadan beş martagaça maşğulotlar ötkazildi. Har bir maşğulot 50 daqiqadan 120 daqiqagaça bajarildi. Alohida nazorat guruhidagi talabalar esa heç qanday jismoniy yuklamalar olmadi va odatdagi turmuş tarzini davom ettirdi.

Natijalardan ma’lum bölişiça, jismoniy faollik internetga qaramlik alomatlarini kamaytirişga sezilarli ta’sir körsatadi. Bundan taşqari, maşqlar taşviş, stress, yolğizlik hissi va öziga işonçsizlikni kamaytirişga yordam bergan, şuningdek, umumiy ruhiy salomatlikni yaxşilaşga hissa qöşgan.

Oçiq harakat könikmalarini öz içiga olgan yoki ularning yopiq könikmalar bilan kombinatsiyasini bajargan qatnaşçilarda ayniqsa sezilarli natija kuzatildi.

“Tadqiqotimiz şuni körsatdiki, jismoniy faollik talabalar örtasida internetga qaramlikka qarşi kuraşning samarali usuli hisoblanadi. Eng yaxşi natijaga oçiq va yopiq harakat könikmalarini birlaştirgan maşqlardan foydalanganda erişiladi”, — deb xulosa qildi tadqiqot mualliflari.