Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga köra, AQŞning Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlar joriy etişi inflatsiyaning oşişiga olib kelişi bilan Amerika iqtisodiyotiga zarar yetkazişi mumkin. Makron 10 fevral, duşanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Vaşingtonni Yevropa Ittifoqi bilan savdo uruşini boşlaş örniga Xitoy, Yaqin Şarqdagi inqiroz va Ukrainadagi uruşga qarşi turişga e’tibor qaratişga çaqirdi.

«Yevropa sizning ittifoqdoşingiz va agar siz Yevropa sarmoya, mudofaa va xavfsizlik masalalarida köproq iştirok etişini istasangiz, taraqqiyotga umid qilsangiz, bu AQŞ manfaatlariga mos keladi, deb hisoblayman, bojlar bilan tahdid qilib, Yevropa iqtisodiyotiga zarar yetkazmasligingiz kerak», deb ta’kidladi Fransiya prezidenti.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga bojxona tölovlari bilan tahdid qilib, Yevropa bilan savdo taqçilligini kamaytiriş zarurligini aytib ötgandi. Yevropa Ittifoqi tegişli javobga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bir kun avval Tramp barça davlatlar uçun istisnosiz AQŞga pölat va alyuminiy importiga 25 foizlik boj joriy etilişini e’lon qildi. Uning birinçi prezidentlik davridagi xuddi şunday harakat AQŞ va Bryussel örtasida keskin savdo mojarosiga olib keldi. Öşanda Yevropa Ittifoqi bir qator Amerika tovarlari, jumladan, Harley-Davidson mototsikllari va Levi Strauss kiyim-keçak brendiga özining maxsus bojlarini örnatdi.

Tramp pölat va alyuminiy importiga bojlar haqida e’lon qildi

AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞga pölat va alyuminiy importiga 25 foizlik bojlar joriy etilişini e’lon qildi, deb xabar berdi dpa 10 fevral kuni. Respublikaçiga köra, yangi tariflar barça mamlakatlarga ta’sir qiladi va şu haftadan rasman kuçga kiradi. Bundan taşqari, Tramp Amerika tovarlariga boj qöyadigan davlatlar uçun «javoban tariflar» joriy etiş niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Oq uyga qaytgaç, Tramp qattiq tarif siyosatini amalga oşirişga kirişdi. U Yevropa bilan savdo kamomadini kamaytiriş zarurligini körsatib, Yevropa Ittifoqiga bojlar joriy qiliş bilan tahdid qildi va «noqonuniy muhojirlar va giyohvand moddalar tahdidi» tufayli Xitoydan keladigan tovarlarga 10 foiz, qöşni Meksika va Kanada mahsulotlariga esa 25 foizlik bojlar joriy etişni buyurdi. Ottava va Mexiko AQŞ bilan çegaralarida xavfsizlikni kuçaytirişga va’da berganidan söng, bojlar 30 kun davomida muzlatib qöyildi.