Toşkent viloyatining Olmaliq şahrida ona öz bolasini muttasil ravişda qiynab kelgani aniqlandi.
Kun.uz örgangan sud ajrimida keltirilişiça, 1991 yilda tuğilgan X.A. 2016 yilda tuğilgan öğli B.A.ga doimiy ravişda azob berib kelgan. Jumladan, ayol 2024 yil 30 oktabr kuni soat 21:00 larda öğli uydagi şirinliklarni yeb qöygani sababli uning barmoqlari orasi va boşqa tana a’zolariga paxta tiqib, yoqqan. Buning oqibatida bolaga 1-2-darajali termik kuyişdan iborat bölgan soğliqning qisqa muddatga buzilişiga olib keluvçi yengil tan jarohatlari yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, B.A.da “çap kökrak qafasi old yuzasi, çap qöltiq osti sohasiga ötiş qismi, çap qovurğa yoyi ostida, burun kamari uçki qismi, öng qöl 3-4-5-barmoq kaft böğimi orasida va içki yuzasi, çap oyoq 1-2-3-4-barmoqlari orasi va tirnoq falangasi içki yuzasining 1-2 darajali termik kuyişi” kabi tan jarohatlari aniqlangan.
Olmaliq şahar IIB tergovçisining 2025 yil 7 fevraldagi qaroriga köra, X.A. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynaş) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda sirtdan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Şuningdek, jinoyat işlari böyiça Olmaliq şahar sudining 2025 yil 7 fevraldagi ajrimi bilan ayolga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatga 360 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanadi.







