Özbekiston elçixonasi ma’lumotiga köra, uçraşuv çoğida Latviya tomoni mehnat migratsiyasi böyiça doimiy muloqotni yölga qöyiş va Migratsiya böyiça bitim imzolaş imkoniyatlarini körib çiqişga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida özaro hamkorlik, jumladan, muntazam maslahatlaşuvlar ötkaziş muhimligini qayd etdilar.
Bundan taşqari, Latviya TIV direksiyasi boş direktori Agnesa Kalnina bilan muzokaralar olib borildi.
Latviya tomoni Özbekiston uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkori ekanini alohida ta’kidladi.
Ikki mamlakatning mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorligi har ikki tomon uçun ham manfaatli va uzoq muddatli istiqbolga ega ekanligiga qat’iy işonç bildirildi.
Tomonlar joriy yilda ikki davlat Taşqi işlar vazirliklarining tegişli idoralari örtasida konsullik maslahatlaşuvlarini ötkaziş töğrisida kelişib oldilar.








