Qaşqadaryo viloyati hokimligi xabariga köra, joriy yilning 2 fevral kuni soat 23:31 da Surxondaryo viloyatida yaşovçi fuqaro M.X. Qaşqadaryo viloyati 102 xizmatiga qönğiroq qilgan.

U Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga DAF rusumli avtomaşinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qatnov yölining Ğuzor tumani “Apardi” MFY hududidan ötayotgan vaqtida noma’lum şaxslar tomonidan toş otilişi natijasida avtomaşinasining old oynasi singanini ma’lum qilgan.

Uşbu holat yuzasidan voqea joyiga profilaktika inspektori yetib borgan. Hozirda uşbu holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.