Tramp po‘lat va alyuminiy importiga bojlar haqida e’lon qildi
Qo‘shma Shtatlarga import qilinadigan po‘lat va alyuminiyga 25 foizlik bojlar barcha mamlakatlarga ta’sir qiladi va shu haftadan kuchga kiradi, dedi Oq uy rahbari.

Foto: EPA-EFE/ DAVID HECKER
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi, deb xabar berdi dpa 10 fevral, dushanba kuni. Respublikachiga ko‘ra, yangi tariflar barcha mamlakatlarga ta’sir qiladi va shu haftadan rasman kuchga kiradi. Bundan tashqari, Tramp Amerika tovarlariga boj qo‘yadigan davlatlar uchun «javoban tariflar» joriy etish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Oq uyga qaytgach, Tramp qattiq tarif siyosatini amalga oshirishga kirishdi. U Yevropa bilan savdo kamomadini kamaytirish zarurligini ko‘rsatib, Yevropa Ittifoqiga bojlar joriy qilish bilan tahdid qildi va «noqonuniy muhojirlar va giyohvand moddalar tahdidi» tufayli Xitoydan keladigan tovarlarga 10 foiz, qo‘shni Meksika va Kanada mahsulotlariga esa 25 foizlik bojlar joriy etishni buyurdi. Ottava va Mexiko AQSh bilan chegaralarida xavfsizlikni kuchaytirishga va’da berganidan so‘ng, bojlar 30 kun davomida muzlatib qo‘yildi.
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp yana Yevropa Ittifoqiga savdo bojlari joriy etish bilan tahdid qildi. «Ular bizga juda va juda yomon munosabatda bo‘lishdi. Shuning uchun ular bojlarga tayyor bo‘lishlari kerak. Bu adolatga erishishning yagona yo‘li», — dedi Tramp 21 yanvar kuni Oq uydagi matbuot anjumanida.
Respublikachi savdo taqchilligidan noroziligini bildirdi va Yevropa Ittifoqi Amerika avtomobillari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishdan bosh tortayotganini qayd etdi. Avvalroq Tramp Yevropa Ittifoqi davlatlarini AQShdan neft va gaz importini oshirishga chaqirgan edi.
Donald Tramp prezident sifatidagi birinchi muddatida po‘lat va alyuminiy importiga qo‘shimcha bojlar joriy qildi, bu esa Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida keskin savdo mojarosiga olib keldi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi bir qator Amerika tovarlari, jumladan, Harley-Davidson mototsikllari va Levi Strauss kiyim-kechaklariga o‘zining maxsus bojlarini o‘rnatdi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
-
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 14:40
Mavzuga oid

14:56
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

08:21 / 13.03.2025
Tramp: AQSh muzokarachilari Moskvaga jo‘nab ketdi

22:24 / 12.03.2025