AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylari kelasi hafta yevropalik amaldorlar bilan uçraşib, Ukrainadagi keng kölamli uruşni tugatiş yöllarini muhokama qiladi. Bu haqda 9 fevral, yakşanba kuni AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uoltsga tayanib, Associated Press xabar berdi. Uoltsga köra, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Xegset, vitse-prezident Jyey Di Vens hamda AQŞning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog Yevropaga safar qiladi.
Şu kuni Mayk Uolts NBC telekanaliga bergan intervyusida aynan Yevropa Ukrainaga uruş tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarini berişi kerakligini, AQŞ esa Kiyevga harbiy yordam uçun sarflagan xarajatlarini qoplaş niyatida ekanini aytdi. «Biz bu xarajatlarni qoplaşimiz kerak va bu ukrainaliklar bilan nodir metallar, tabiiy resurslar, neft-gaz va bizning resurslarimizni sotib oliş böyiça hamkorlik böladi», dedi Tramp maslahatçisi.
AQŞ prezidenti «uruşni tugatiş» va «barça tomonlarni», jumladan Xitoy, Hindiston va Yaqin Şarqni muzokaralarga jalb etiş niyatida, deya ta’kidladi Uolts. Şuningdek, u, agar Moskva muloqotdan boş torsa, Tramp Rossiyaga qarşi «soliqlar, tariflar, sanksiyalar» joriy etişdan qörqmasligini qöşimça qildi.
AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni vaqtinça töxtatgan
AQŞning yangi ma’muriyati bir neça kunga Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berişni töxtatib qöydi va keyin qayta tikladi. Bu haqda Reuters agentligiga tört xabardor manba ma’lum qildi, deya xabar beradi agentlik 3 fevral kuni.
Yetkazib beriş qaçon töxtatilgani haqida aniq ma’lumot bermagan Reuters bu Donald Tramp ma’muriyati içidagi kelişmovçiliklar tufayli sodir bölganini yozadi. U 20 yanvar kuni lavozimga kirişgan. Agentlik ma’lumotlariga köra, yetkazib beriş «sönggi kunlarda» töxtatilgan va «dam oliş kunlari», ya’ni 1-2 fevral kunlari qayta tiklangan.
Oq uy avvaliga Ukrainaga barça yordamni töxtatmoqçi bölgan, biroq keyin uning pozitsiyasi özgargan, deya ta’kidlaydi Reuters. «Ma’muriyat içida Qöşma Ştatlar Kiyevga öz zaxirasidagi qurol-yaroğlar bilan qay darajada yordam berişni davom ettirişi kerakligi borasida kelişa olmayotgan guruhlar bor», deb yozadi agentlik va «bu qisqa pauza Tramp ma’muriyati içidagi munozaralar şiddatining birinçi aniq belgisidir», deya xulosa qildi.








