Hukumat qarori bilan «Ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Ma’rifiy faoliyat – insonni şaxsiy, intellektual va ma’naviy rivojlantiriş, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oşiriş, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etiş, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxşilaş uçun zarur könikma va malakani şakllantirişga qaratilgan hamda davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblandi.
Nizom ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş tartibi va şakllarini belgilaydi hamda quyidagilarni nazarda tutadi:
- ma’rifiy faoliyatni amalga oşirişning taşkiliy-huquqiy şakllari hamda uşbu faoliyatni amalga oşiruvçilarga nisbatan qöyiladigan talablar;
- ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş şakllari (ma’ruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon, davra suhbatlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa şakllarda, bevosita yoki onlayn, yakka tartibda yoki guruhlarda, pulli yoki bepul);
- ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş tartibi, şu jumladan, uşbu faoliyat tinglovçilari orasida voyaga yetmagan şaxs mavjud bölsa, majburiy tartibda ma’rifiy faoliyat dasturini işlab çiqiş talabi;
- ma’rifiy faoliyat iştirokçilarining huquqlari, majburiyatlari va ma’rifiy faoliyatni amalga oşirişda taqiqlanadigan xatti-harakatlar.
Ma’rifiy faoliyat bilan yuridik şaxs taşkil etib yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötib şuğullaniş mumkin.
Ma’rifiy faoliyat bilan yozma yoki elektron şaklda tuziladigan şartnomaga muvofiq pulli asosda şuğullaniladi.
14 yoşdan kiçik şaxslarning ma’rifiy faoliyat tadbirlarida tinglovçi sifatida iştirok etişlariga ularning ota-onasi (qonuniy vakillari) yozma roziligi bilan yöl qöyiladi.





