Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
HAMAS Isroilni kelişuvni buzganlikda aybladi
HAMAS duşanba kuni Isroilni öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni buzganlikda ayblab, garovga olinganlarni ozod qiliş jarayonini töxtatişini e’lon qildi.
Taşkilot vakillari Ğazo şimoliga qaytişga qöyilgan çeklovlar, falastinliklarga qarşi otişmalar va humanitar yordam oqimining töxtatilişini şartlarning buzilişi sifatida körsatmoqda.
19 yanvarda boşlangan öt oçişni töxtatiş rejimi asosan amal qilib kelgan bölsa-da, Isroil askarlari bilan töqnaşuvlar natijasida bir neça falastinlik halok bölgan.
Isroil himoya vaziri Israel Kats HAMASning bu qarori kelişuvni buzişini ta’kidlab, armiyaga tayyorgarlik köriş böyiça topşiriq berganini ma’lum qildi. Eslatib ötamiz, şu paytgaça HAMAS tomonidan garovda uşlab turilgan 33 fuqarodan 16 nafari ozod qilingan, şuningdek, beş tailandlik garovdagi rejadan taşqari qaytarilgan.
Netanyahuning devoni Isroil delegatsiyasining Qatardagi muzokaralardan ortga qaytganini ma’lum qildi. Muzokara jarayoni haqida aniq ma’lumot berilmagan, ammo Misr va Qatar vositaçiligidagi uruşni töxtatiş jarayoni borasida şubhalar ortayotgani qayd etilgan.
Erdöğan: Isroil Ğazoga yetkazilgan zararni qoplaşi kerak
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Ğazodagi vayronagarçiliklar uçun Isroil mas’uliyatni zimmasiga olişi kerakligini ta’kidladi.
«Binyamin Netanyahu Ğazo aholisini köçiriş yöllarini emas, balki uruşda yetkazilgan 100 mlrd dollar miqdoridagi zararni qoplaş usullarini axtarişga majbur bölişi lozim», dedi Erdöğan.
Turkiya yetakçisi xalqaro adolat tizimi haqiqiy va barça taraflar uçun teng bölişi kerakligini ta’kidladi. Unga köra, 2 mlrddan ortiq aholiga ega islom olami xalqaro qaror qabul qiliş jarayonlarida haqqoniy iştirok etmasa, bunday tizim adolatli böla olmaydi.
Erdöğan Ğazoda davom etayotgan zöravonlik va vayronagarçilikka e’tibor qaratib, «heç kim falastinliklar uçun ikkinçi Naqbani taşkil qilişi mumkin emas», dedi. Uning ta’kidlaşiça, Isroil faqat harbiy maqsadlarni közlab, Ğazodagi uylar, yerlar va iş örinlarini tortib olişda davom etmoqda.







